Nega Ukraina Rossiya yordamiga shubha bilan qaraydi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Image copyright AP
Image caption Ukraina Rossiya ko‘magiga shubha bilan qaraydi

Ukraina sharqidagi qarama-qarshiliklarga sahna bo‘layotgan mintaqalarga insonparvarlik yordamlarini olib ketayotgan Rossiya yuk mashinalari uchinchi kundirki yo‘lda davom etmoqda.

Chorshanba kuni Ukraina rasmiylari yordam karvonining Ukrainaga kirishiga izn bermasliklarini ma‘lum qildilar.

Rossiya Ukraina sharqiga 2 ming tonna insonparvarlik yordami yuborayotganini aytadi.

Ammo, Ukraina rasmiylarining shubha qilishicha, Rossiya insonparvarlik yordamlarini bahona qilib, rossiyaparast isyonchilarga ko‘mak bermoqchi.

Rasmiy Kiyevga ko‘ra, insonparvarlik yordamlari Xalqaro Qiziq Xoch nazorati ostida tarqatilishi kerak.

Xo‘sh, Rossiya insonparvarlik yordami borasida Ukraina xalqida qanday fikr shakllangan?

BBC ushbu savol bilan Kiyevdan Ukraina sharqiga insonparvarlik yordamlarini yuborish ishlarida ishtirok etayotgan O‘zbekistonlik faol Shavkat Muhammadga bog‘landi.

Shavkat Muhammadning aytishicha, Ukraina xalqida so‘nggi paytlarda Rossiya siyosatiga ishonmaslik kayfiyati nihoyatda kuchaygan.

"Rossiyadan kelayotgan gumanitar yordamni olishga hamma qarshi, - deydi Shavkat Muhammad. - Ukrainaliklarning hammasi mana shu urushning asosiy sababchisi deb Rossiyani biladi".

Shavkat Muhammad bilan suhbatni tinglang.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02