"Ins-jinslardan xalos qiluvchi" mazhab

Xitoy yaqin tarixida eng olamshumul qotillik hodisasi deya ko‘rilgan ish ustidan mahkama boshlanish arafasida.

O‘tgan may oyida mamlakatda taqiqlangan mazhablardan birining a‘zolari yemakxonada bir ayolni urib o‘ldirdilar. Ayolning yagona aybi ularga o‘z telefon raqamini bermagani edi.

Bu mazhab o‘zini "Yaratgan Parvardigor Cherkovi" deb ataydi. Millionlab izdoshlari borligini da‘vo qiladi.

Hodisa Xitoy sharqidagi shaharchalardan biridagi McDonald's yemakxonasiga mazhab a‘zolari bo‘lgan bir oilaning olti a‘zosi yetib kelib, yangi a‘zolarni yollashga harakat qilgan vaqtda ro‘y bergan.

Ular mijozdan-mijozga o‘tib, telefon raqamlarini so‘ray boshlaydilar. Bir ayol bundan bosh tortgan vaqti uni urib o‘ldirdilar. Yordamga kelmoqchi bo‘lganlarni ham urib o‘ldirish bilan qo‘rqitdilar.

Qotillik yemakxona kameralari va mobil telefonlarda tasvirga tushirilgan.

Hodisa Xitoyni larzaga soldi. Telefon raqamini bermagani uchun odam o‘ldirishga tayyor mazhabchilar kim?

Qo‘lga olinib, so‘roqqa tutilganlardan biri Jang Lidong qilmishidan afsusda emasligini aytdi.

"Men uni butun kuchim bilan kaltakladim, ustiga chiqib tepdim. U iblis edi. Biz uni yo‘qotishimiz kerak edi", dedi u.

Qotillik yemakxona kameralari va mobil telefonlarda tasvirga tushirilgan.

Hodisa Xitoyni larzaga soldi. Telefon raqamini bermagani uchun odam o‘ldirishga tayyor mazhabchilar kim?

Qo‘lga olinib, so‘roqqa tutilganlardan biri Jang Lidong qilmishidan afsusda emasligini aytdi.

"Men uni butun kuchim bilan kaltakladim, ustiga chiqib tepdim. U iblis edi. Biz uni yo‘qotishimiz kerak edi", dedi u.

Image caption "Yaratgan Parvadigor Cherkovi" websahifasida bo‘ysunmaganlar jazosi qanday bo‘lishi namoyish etilgan

"Katta qizil ajdar"ga qarshi kurash

"Yaratgan Parvardigor Cherkovi"ning ommaga taqdim qilgan websahifasi ko‘tarinki ruhdagi diniy qo‘shiqlar va matnlarga to‘la. Lekin Cherkov g‘oyasining o‘zagi - Yaratgan xitoylik ayol siymosida yerga qaytib, oxirzamonni daf qilishi g‘oyasidir.

Mazhabga asos solgan sobiq fizika o‘qituvchisi Jao Veysan Parvardigor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lgan yagona shaxs sifatida o‘zini tadqim qiladi. U keyinchalik u AQShga ketgan.

Uning hozirda qayerda ekanligi ma‘lum emas. Lekin mazhab websahifasi ham ingliz va ham xitoy tilidagi Xitoy hukumatiga qarshi bo‘lgan maqolalarga ham to‘la.

Ulardan birida aytilishicha, "1949 yili Kommunistik Partiya qudratga kelganidan beri bu "qizil ajdar"ning tazyiqlaridan diniy e‘tiqodlarga qarshi keng miqyosli kurash ketmoqda".

Pravoslav nasroniylar bo‘lgan o‘ng minglab xitoyliklar hukumat tazyiqlaridan qochib, pinhona, uylarda tashkil qilingan cherkovlarda ibodat qiladilar.

Lekin "Yaratgan Parvardigor Cherkovi" hukumat tazyiqlari haqida shikoyat qila turib, o‘z a‘zolari tomonidan amalga oshirilgan qotilliklar, odam so‘yishlar, pichoqlash va tartibsizliklarni tilga olmaydi.

Buning o‘rniga mazhab millionlab tarafdorlari borligi va oxirgi 3 yil mobaynida deyarli 400 ming a‘zosi hibsga olinganligini da‘vo qiladi.

"Ulkan qizil ajdar" - Kommunistik Partiyaga qarshi Cherkov websahifasida chop etilgan shaxsiy izhorotlarning asosiy mavzusi.

"Ular meni urib o‘ldirsalar ham, ruhim Yaratgan bilan... Men iblisga hech qachon bo‘ysunmayman", deyiladi ulardan birida.

Lekin mazhab tufayli yaqinlaridan ayrilganlarning fikrlari o‘zgacha.

Turmush o‘rtog‘i va qaynotasini mazhab "iskanjasidan" qutqarish uchun maxfiyona a‘zo bo‘lib kirgan bir kishi bilan gaplashishgan muvaffaq bo‘ldik.

Image caption Yemakxondagi qotillik qatnashchisi qilmishidan afsusda emasligini aytgan

Uning aytishicha, "mazhab mutlaqo oila, inson va hukumatga qarshidir. Ular a‘zolaridan o‘z yaqinlariga hamisha yolg‘on gapirishni talab qiladilar. Ular uchun oilaviy qadriyatlarning axamiyati yo‘q va bir-birlarini shunga undaydilar".

"Oila a‘zolaridan kimda-kim mutlaqo voz kecha olsa, unga mukofot sifatida mazhabda yuqoriroq mavqe beriladi. Mazhabga kirgan odam aqidaparast va telba bo‘lib qoladi".

Bu shaxs o‘z izlanishlari natijasida shuni aniqlaganki, mazhab a‘zolari odamlarni yollashda avval yumshoq bir shaklda, do‘stona ohang bilan yordam taklif qiladilar. Keyinchalik ohang po‘pisaga aylanadi. Ba‘zida esa hatto odam o‘g‘irlash va o‘ziga rom qilib olish usullari ham qo‘llanadi.

"Mazhablar va bid‘at"

Pekin Universiteti joylashgan mavzedagi davlat nazorati ostidagi cherkov tashqarisida taqvodorlarni turli mazhabga yollovchilardan ogoh bo‘lishga da‘vat qiluvchi plakatlar osilgan.

Lekin mazhabchilarning ham taqvodorlarga o‘z "va‘dalari" bor.

Mazhabga yollovchilar biron yaqini kasalga mubtalo bo‘lgan, oilasi buzilgan, ishini yo‘qotgan va qiyin sharoitda qolganlarni nishonga oladilar.

Pekindagi cherkov ruhoniysi Vang Jianinning aytishicha, "taqvodorlarga eng katta xavf hozirda mazhab va bid‘atdan kelmoqda".

Vang Jianin Xitoy sharqidagi qabristonda 20 yil avval ushbu mazhabga kirgan onasi va singlisi qabrini ko‘rsatadi.

U otasini ham shu mazhab tufayli yo‘qotdi...

O‘tgan yili 1 oktyabr kuni singlisi otasini urib o‘ldirdi. McDonald's dagi qotillikda bo‘lgani kabi u ham otasini "iblis" sifatida ko‘rdi.

Hozirda Vang Jianin onasining ko‘zi ochilib, mazhabni tashlab chiqishiga umid qilmoqda.

McDonald's dagi qotillikdan beri ommaning g‘azabi oshib, rasmiylardan "Yaratgan Parvardigor Cherkovi"ga bosimni oshirishni talab qilmoqdalar.

Oxirgi haftalarda deyarli har kuni mazhab a‘zolari hibsga olingani yoki ular yig‘iladigan joylarga reydlar o‘tkazilgani haqida xabarlar berilmoqda.

Lekin ko‘plab insonlar va oilalar hayotlariga singib, zarar yetkazishga muvaffaq bo‘lgan mazhab aslida kommunistik partiyaga solayotgan tahdidi uchun jazolanayotgan ko‘rinadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02