Julian Assanj Londondagi Ekvador elchixonasini tark etmoqchi

Image copyright d
Image caption Wikileaks asoschisi Julian Assanj Londondagi Ekvador elchixonasini "yaqin orada" tark etishini bildirgan

Wikileaks asoschisi Julian Assanj Londondagi Ekvador elchixonasini "yaqin orada" tark etishini bildirgan.

Ma‘lumki u Ekvador elchixonasida mana ikki yildan beri panoh topib turibdi.

U qachon elchixonani tark etishi haqida aniq ma‘lumot bermagan, biroq bu harakatining sabablari haqida gapirib, "Britan gazetalari aytayotgan sabablar bo‘yicha emas" degan.

Britan axborot vositalari Assanjning sog‘lig‘i yomonlashgani va davo talab ekanligi haqida yozishgandi.

Ekvador Tashqi ishlar vaziri Rikardo Patino Shvetsiya tarafidan jinsiy jinoyat uchun talab etilgan Assanjni "himoya" qilishda davom etishlarini bildirgan.

43 yashar Julian Assanj ikki ayol tarafidan Shvetsiya qoralovchilariga topshirilgan shikoyat bo‘yicha so‘roq qilinishi lozim. Biroq u unga qo‘yilgan ayblovlarni inkor etgan va 2012 yilning iyun oyida Ekvadorning Londondagi elchixonasida boshpana topgan.

Uning aytishicha Wikileaks websaytida AQShning Iroq va Afg‘onistondagi urushlariga tegishli maxfiy hujjatlarni chop etishi ketidan uni AQShga topshirib yuborishlaridan qo‘rqadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02