BBC mehmoni - "Setanho" guruhining a‘zosi Komila Xo‘jayeva

Image caption Feruza, Komila va Laylo o‘zbek pop musiqasi rivojiga katta hissa qo‘shganlar

BBC mehmoni - "Setanho" guruhining a‘zosi Komila Xo‘jayeva.

Komila Xo‘jayeva o‘z do‘stlari Laylo Galiyeva va Feruza Latipovalar bilan 1990-yillar oxirida tuzilgan "Setora" guruhi tarkibida ijod qilgan.

"Setora" guruhi "Vafodoring", "Yonma", "Maktabim", "Sen borsan" kabi o‘nlab xitlarni yaratib, tez orada Markaziy Osiyodagi mashhur ansamblga aylangandi. Guruh so‘ngra "Setanho" deb nom oldi. "Setora" guruhiga esa boshqa uch nafar qo‘shiqchi qizlar tanlab olindi.

Komila, Laylo va Feruza Toshkentdagi Reyngold Gliyer nomidagi maxsus musiqiy maktab 1-kursida o‘qiyotganlarida "Setora guruhi dunyoga kelgan.

Komila Xo‘jayeva, so‘ngra O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida ham ta‘lim olgan. U 1960-yilda O‘zbekiston televideniye va radiosining xor jamoasiga asos solgan O‘zbekiston Xalq artisti Botir Umidjonovning nevarasidir.

Image caption Komila iqtisod yo‘lini tanladi

Laylo Galiyeva bugunda O‘zbekistonda o‘z yakkaxon karerasini jonlantirayotgan, hamda Feruza Latipova AQShning Filadelfiya shahrida yashab ijod qilayotgan bir vaqtda Komila Xo‘jayeva butkul o‘zgacha faoliyat bilan shug‘ullanmoqda.

Toshkent Iqtisodiyot universitetining Xalqaro iqtisodiy aloqalar fakultetini tamomlagan, hamda Shveytsariyada o‘qib nufuzli MBE biznes diplomini olib qaytgan Komila bugunda iqtisodchidir.

U hozirda qator yosh yordamchilari bilan O‘zbekistonda shokolad ishlab chiqarish loyihasi ustida ishlayotganini aytadi.

Komila Xo‘jayevaga savol yo‘llash uchun matn ostidagi formani to‘ldiring yoki uzbek@bbc.co.uk adresiga elektron maktub yuboring.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer