Siz kimni muzdek suvda pishitgan bo‘lardingiz?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Kimdir boshingizdan bir paqir muzdek suv quyib yuborsa nima qilasiz?

Ming Ledi Gaga bo‘lmaysizmi yoki Devidu Viktoriya Bekhem va yo Jastin Biberu Jorj Bush, hech nima.

Nega endi ekan, desangiz, hammasiga bir xayriya kampaniyasi sabab ekan.

Shu kunlarda jahon siyosati, san‘ati, sporti va madaniyatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalari shu yo‘l bilan skleroz xastaligiga qarshi kurashni boshlashibdi.

Buyog‘ini endi zanjir reaktsiyasi deysiz:

O‘zingizning muzdek suvda pishganingiz qolib, agar, ta‘bir joiz bo‘lsa, eng yaqin kishingizga ham buni ravo ko‘rishingiz shart ekan.

Deylik, AQSh sobiq prezidenti Jorj Bush "eng yaqin do‘sti" Bill Klintonni suvga bo‘ktirishlarini xohlamoqda.

Muzdek suvdan "omon qolgan" shotlandiyalik film yulduzi Jeyms Makavoy esa, dunyoning nomdor murabbiylaridan bo‘lmish Joze Mourinoni ko‘z ostiga olgan.

Agar, ijtimoiy muloqot tarmoqlariga joylagan shaxsiy videolavhalariga qaralsa, hozir ular qolib, oddiy odamlar ham muzdek suvga bo‘kishga tushib ketishibdi.

Deylik, siz ham ushbu xayriya kampaniyasida ishtirok etsangiz, kimning "muzdek suvda pishishi"ni xohlardingiz?

Bu ham bir savol-da?..

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02