Yangi rukn: Biz bir hafta oldin bilganu bilmagan narsalar

BBC O‘zbek Xizmati bu ro‘yxatga, balki, bir hafta burun umuman sizning xayolingizga kelmagan 10 ta g‘aroyib xabarni kiritdi.

Ular bilan tanishib, o‘zingizni bir sinab boqing-chi! Siz shunday ekanini bilarmidingiz?:

Image copyright BBC World Service

1. Madaniy xordiq chiqarish uchun London Ovro‘poning 12 shahri orasidan eng qimmati ekan.

Image copyright Mark Welland

3. Oltin zarrachalari miya saratonining so‘nggi formasini davolashga yordam berishi ayon bo‘ldi.

Image copyright BBC World Service

4. Xoh ishoning, xoh ishonmang, bolangiz chizgan surat go‘dak yoshidan uning aqliy qobiliyatiga dalolat qilarkan.

Image copyright BBC World Service

5. Britaniyaning BAE Systems shirkati uchoq sathini xuddi inson terisidek sezgir qiluvchi texnologiyani ishlab chiqishga kirishdi.

Image copyright BBC World Service

6. Yangi tadqiqotlardan zag‘izg‘onlarning yaltiroq narsalarga o‘ch bo‘lmay, aksincha, ulardan qo‘rqishlari ma‘lum bo‘ldi.

Image copyright BBC World Service

7. Shotlandiyalik Kelvin Harris bu yil ham dunyoning eng boyvachcha didjeyi ekan. U mashhur Jey-Zini ham ortda qoldiribdi.

Image copyright AP

8. Gallupning yangi so‘rovida O‘zbekiston aholisi MDH davlatlari orasida eng himoyalangani, deb topilibdi.

Image copyright AFP

9. O‘zbekiston yoshlar Olimpiya milliy terma jamoasi Nankindagi O‘yinlarda medallarini sonini 8 taga yetkazdi. Ulardan beshtasi esa, oltindir.

Image copyright BBC World Service

10. Yaponiyalik olimlar esa, koinotdagi eng ko‘hna va ulkan yulduzlardan birining izini topgan bo‘lishlari mumkinligini aytishmoqda.

Image copyright AFP

11. Yangi tadqiqotlarga ko‘ra, global iqlim o‘zgarishi o‘z kuchini bu yaqin 10 yilda ko‘rsatmaydi.

Image copyright BBC World Service

12. 70 yoshli avstraliyalik Siril Beldok Britaniya va Frantsiya o‘rtasidagi La-Mansh bo‘g‘ozini kechib o‘tgan dunyodagi eng keksa kishiga aylandi.

O‘tayotgan hafta nazarga tutilganda, siz bu ro‘yxatga yana qanday g‘aroyib faktlarni qo‘shgan bo‘lardingiz?

Fikrlaringizni bizga yo‘llashni unutmang.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02