Ijtimoiy minbar: hukumatning paxtachilikka munosabati o‘zgarayaptimi?

Image copyright AP

O‘zbekistondagi Internet nashrlari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, o‘tgan yili paxta dalalarida voyaga yetmaganlar ko‘ringan sakkiz fermer jazolangan.

Aslida mamlakatda maktabu-shifoxonani yoppasiga dalaga olib chiqadigan fermer emas, hokim ekanini ko‘pchilik yaxshi biladi.

Ayni paytda O‘zbekistondan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, kollej talabalarini paxta yig‘im-terimiga chiqarmaslik haqida buyruq berilgan.

O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtani boyqot qilish maqsadida xalqaro kampaniya boshlanganiga bir necha yil bo‘ldi.

O‘zbekiston hukumati bolalar mehnatidan foydalanilishini taqiqlash maqsadi ko‘zlangan qarorlar qabul qilgan, paxta yig‘im-terimi mavsumini kuzatishga Xalqaro Mehnat tashkilotiga ruxsat bergan.

Xalqaro tashkilotlar bolalar mehnatidan foydalanishni taqiqlash bilan birga fermerlar uchun paxta xarid narxlarini erkinlashtirishni ham O‘zbek hukumatidan uzoq yillardan buyon talab qilib keladi.

Siz nima deb o‘ylaysiz, bosimlar O‘zbekiston hukumatini paxtachilikka munosabatini o‘zgartirayaptimi?

Paxtachilik O‘zbekistonda xuddi Qozog‘istondagidek ham fermerni va ham fermer yerida ishlaydiganlarni boyitadigan daromadli sohaga aylanishi uchun nimalar talab qilinadi?

BBC "Ijtimoiy minbar"ining keyingi mavzusi shu haqda.

Fikrlaringizni Facebook, Google+, Odnoklassnikidagi BBCUzbek sahifalarida qoldiring.

Whatsapp raqamimizga ovozli sharhlaringizni ham yo‘llashingiz mumkin: +44 78-58-86-00-02.