Bukingem saroyining zerikkan qo‘riqchisi nima qildi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Britaniya qirolichasining Londondagi qarorgohi Bukingem saroyini qo‘riqlayotgan askarlardan biriga nisbatan "harbiy intizomni buzganligi uchun" tekshiruv ishi boshlangan.

Uning "qilmishi" esa zerikkanidan sayyohlarning ko‘nglini chog‘ qilish uchun, harbiylarcha qadam tashlash o‘rniga raqs tushganidir.

YouTube da sayyohlardan biri chop qilgan videotasvirda uning an‘aviy qo‘riqchi ust-boshida aylanib-aylanib charx urayotgani shahdam emas hazilomuz yo‘lda mayda-mayda qadam tashlayotgani qayd qilingan.

Britaniya harbiylari so‘zchisiga ko‘ra, harbiy intizomdan chekingan har qanday askarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi kerakdir.

Askar raqsini tamosha qilgan sayyohlardan birining BBC bilan suhbatda aytishicha, "uning olomonning ko‘nglini olmoqchi ekanligi ayon edi".

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02