Arizonani yana chang to‘foni bosdi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

AQShning Arizona shtatidagi Feniks shahri yana chang bo‘roni ostida qoldi.

Bundan oldin ob-havo mutaxassislari chang bo‘roni haqida ogohlantirish e‘lon qilgan edi.

Hodisa 6 sentyabr, shanba kuni yuz bergan.

To‘fon oqibatida bir qancha xonadonlar elektr quvvatisiz qolgan.

Ana shunday quyun 2011 yilda Feniksga yopirilgan, mahalliy aholi bunday to‘fonni umrlarida ko‘rmaganliklarini aytishgandi.

Arizonada bunday hodisalar musson mavsumida yuz beradi.

Mavsum iyun oyi o‘rtalarida boshlanib sentyabr oxirigacha davom etadi.

Sharhsiz video.

-----------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02