"Beyonseni kutgandim, afsus Obama keldi"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Prezident Obamaning o‘z maktabiga tashrifidan hafsalasi pir bo‘lgan qizaloq ko‘nglidagini ochiq ayta qoldi.

"Bir muhim odam keladi, deyishgandi. Men o‘sha odam Beyonse bo‘lishini rosa istagandim" - dedi u AQSh prezidentiga qarata.

Ushbu samimiy so‘zlardan u yerda yig‘ilganlar yengilgina kulishgan bo‘lsa, Barak Obama qizaloqni tushunishini aytdi.

"Tushunaman, mening qizlarim ham superyulduz Beyonse tashrif buyurishini juda istashadi" - dedi AQSh prezidenti.

Prezident Obama va uning rafiqasi uysiz bolalarga o‘yinchoq hamda o‘quv qurollari tarqatish xayriya tadbirida ishtirok etish uchun ayni maktabga kelishgandi.

Biroq, nima derdik, prezidentlar ham barcha uchun har vaqt "eng muhim shaxs" bo‘lavermaskan...

-----------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02