Oliy o‘quv yurti talabasi ust-boshi nazorat qilinishi kerakmi?

Image copyright BBC World Service

Oliy o‘quv yurti talabasi ust-boshi nazorat qilinishi kerakmi?

Bu hafta BBC Ijtimoiy minbaridagi mavzuga Facebook ijtimoiy tarmog‘ida aytilgan bir fikr turtki berdi.

Foydalanuvchilardan biri Toshkentdagi o‘quv yurtlaridan birida erta bilan ma‘muriyat vakillari va domlalar eshik tagida talabalarning ust-boshini bittama-bitta tekshirib, shundan keyingina ichkariga kiritishayotgani haqida yozdi.

Aytilishicha, ayni tekshiruv jarayoni uchun ertalab anchagina vaqt ketib, talabalar darslarga kechikib kirishmoqda. Buning ustiga, ularning ust-boshlari talabga javob bermasa, hatto ortga qaytarib yuborilayotgan holatlari bor.

Uning aytishicha, o‘quv yurti ma‘muriyati talabalardan xuddi maktablardagi kabi muayyan forma kiyishni talab qilmoqdalar.

Bugungi kunda bu forma oq yoki och rangdagi ko‘ylak va tizzadan u qadar yuqori bo‘lmagan to‘q rangdagi yubkadan iborat bo‘lishi kerak ekan.

Mamlakat oliy o‘quv yurtlarida forma kiyish talabi haqida sizning fikringiz qanday?

Fikr mulohazalaringizni Facebookdagi BBC Uzbek sahifasi yoki "Odnoklassniki" tarmog‘idangi xuddi shu nomli sahifada qoldirishingiz mumkin.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02