Ukraina baribir Ovro‘poga yaqinlashdi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Ukraina ilk qat‘iy qadamini tashladi".

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘z mamlakatining so‘nggi qarorini ana shunday izohladi.

Ukraina parlamenti Ovro‘po Ittifoqi bilan siyosiy va iqtisodiy munosabatlarini kuchaytiradigan shartnomani tasdiqladi.

Sobiq prezident Viktor Yanukovich o‘tgan aprelda ayni shu kelishuvni imzolashdan bosh tortgan va natijada mamlakat bo‘ylab g‘alayon yuzaga kelib, prezidentning o‘zi amalidan ketgan, rossiyaparast rus bo‘lginchilari bilan Kiyevdagi g‘arbparast hukumat o‘rtasida urush boshlangandi.

Mazkur inqiroz manzarasida Rossiya Qrimni qo‘shib oldi, lekin, aftidan, Ukrainidek qo‘shnini majoziy ma‘noda "boy berib qo‘ydi".

O‘z o‘rnida, sharqiy Ukrainadagi qator rus bo‘lginchilari ham butunlay mustaqil bo‘lmaguncha qurollarini tashlashmoqchi emas.

Bu esa Ukraina uchun hali to‘liq yechimi topilmagan muammodir.

-----------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02