Shotlandiya: Endi buyog‘i nima bo‘ladi?

Image copyright

Odamlar o‘z so‘zini aytdi. Shotlandiya mustaqillikni tanlamadi.

Har ikki tomon ham referendumning salbiy natijasini birdek tan olishdi.

Bu hammasi tugaganiga dalolat qiladimi?

BBC muharriri Nik Robinsonga ko‘ra, hali bu masala uzundan-uzoqqa cho‘ziladi...

Nega desangiz, referendum natijalari 1.5 milliondan ortiq britan fuqarosining Buyuk Britaniya tarkibida qolishni istamasligini ko‘rsatadi.

Ustiga ustak, Shotlandiyaning eng yirik Glazgo shahri aholisining aksariyati mustaqillikni yoqlagan.

Bu esa, rasmiy Vestminsterdagilarning bir muddat o‘takasini ham yorayozgandi.

Salbiy natija ortidan, yuraklari joyiga tushgan uch yirik partiya liderlari endi konstitutsiyaga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilishini va‘da qilishmoqda.

Faqat Shotlandiya emas, Angliya, Uels va Shimoliy Irlandiyaga ham ko‘proq vakolatlar berilishi xususida so‘z yuritishmoqda.

Shotlandiyani ko‘zda tutarkan, ular, hatto, kelasi yil yanvar oyidayoq bu masala hal bo‘lishini aytishmoqda.

Ammo, menimcha, bu og‘izda: chunki ilgari surilayotgan takliflar yuzasidan osonlik bilan bir to‘xamga kelib bo‘lmaydi, deydi BBC muharriri.

Ko‘proq qudrat

Image copyright AFP

So‘z yuritilayotgan ko‘proq vakolatlar: soliq, byudjet va tibbiyot sohasini ko‘zda tutadi.

Bu xususdagi qonun loyihasi("Shotlandiya Akti") kelasi yil yanvar oyida chop etiladi.

Britaniya parlamenti esa, 2015 yil may oyiga rejalangan saylovlar ortidan, uni ko‘rib chiqib, ovoz beradi.

Joriy paytda barcha partiyalar soliq masalasida Shotlandiya parlamentiga ko‘proq vakolat berilishiga rozi.

Ammo buning aniq me‘yori har ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralar natijasiga bog‘liq bo‘ladi.

Boshqalar ham...

Agar, Shotlandiyaga ko‘proq qudrat berilsa, Buyuk Britaniya tarkibidagi qolgan davlatlar ham jim o‘tirmasliklari aniq:

Deylik, britan parlamenti shotlandiyalik vakillarining Angliyaga ziyon yetmasin deb, o‘z yurtlari manfaatiga zid masalalarni yoqlab, ovoz berishlari kerak qanchalik adolatdan bo‘ladi, degan savollar ham o‘rtaga chiqadi.

Xuddi shu o‘rinda, yaqinda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga tayanilsa, inglizlarning yarmidan ko‘prog‘i faqat Angliyaga aloqador qonunlarga shotland parlament vakillarining ovoz berishlariga mutlaq qarshi.

Image copyright AP

Bundan tashqari, Uels va Shimoliy Irlandiyada ham o‘zlariga ko‘proq vakolat berilishini istovchilar soni oz emas.

Shotlandiyaning taqdiri yuzasidan bahslar odamlarni ancha junbushga keltirdi.

His-hayajonlar o‘rnini qahru g‘azab egallagan hollar ham bo‘ldi.

Xuddi shu bois ham, hozirgi birlamchi vazifa - ularning boshini bir yerga qovushtirish.

Bu ishlarga esa, birinchi bo‘lib Shotlandiya kolesosi boshchilik qilmoqchi.

Edinburgdagi Avliyo Jayls ibodatxonasida o‘tkazajak yakshanba kungi diniy marosimlarida aynan milliy murosa masalasiga diqqat qilishmoqchi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02