BBCUzbek web-sayti o‘zgardi

Bu bizning BBC jurnalistikasining eng yaxshi materiallarini mushtariylarga yetkazish yo‘lidagi navbatdagi qadamimiz, onlayn mahsulotlarimizni sizning hayot tarzingiz yoki eng qulay texnologiyalaringizga moslashtirish maqsadidagi intilishimiz.

Bundan keyin bizning web-saytimiz moslashuvchan web-dizaynga asoslanadi.

Bu degani web-saytning kompyuter va mobil ko‘rinishlari bir-biridan farq qilmaydi.

Aksincha, web-sahifamiz sizning ixtiyoringizdagi jihoz va Internetga ulanish tezligingizga moslashuvchan bo‘ladi.

Siz yangiliklarni qaysi moslamadan tekshirayotganingizdan qat‘i nazar, mobil telefonmi, desktop kompyutermi yoxud tabletmi, yangilik sahifasining ko‘rinishi hozirjavoblik bilan o‘zgaradi va sizga ancha mukammallashtirilgan dizaynni taqdim etadi.

Nega biz Moslashuvchan web-dizayn(Responsive web-design)ga o‘tishga qaror qildik?

Hozirjavob web-dizaynga asoslangan saytlar mobil uskunalar uchun ko‘proq imkoniyat barpo etadi va tez ishlaydi.

Eskiroq uskunalardan foydalanayotganlar hamda kattaroq va tez ishlaydigan moslamalar egalari sayt mundarijasidan yanada qisqa vaqt mobaynida boxabar bo‘ladilar.

Windows Media Player ning eski versiyalari bundan keyin talab qilinmaydi, ammo sizning uskunangiz audio va videofayllarni o‘zgacha yo‘lda sizga namoyish etadi, eshittiradi.

Biz mushtariylarimizga Internet brauzerlarining eng oxirgi versiyalaridan foydalanishni maslahat beramiz.

Saytning eskicha ko‘rinishidan yangisiga o‘tish to‘la yakuniga yetmagan.

Agar siz web-saytimizdan foydalanishda mushkulliklarga duch kelsangiz, bu haqda bizni xabardor qiling.

Buning uchun quyidagi “biz bilan bog‘laning” formasidan foydalanishingiz mumkin.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02