O‘zbekistonni jahondagi qaysi davlatga monand ko‘rasiz?

O‘zbekistonga safar qilgan xorijlik sayyohlar xalqining mehmondo‘stligi, ochiq ko‘ngilliligi bilan bir qatorda insonlarning o‘zlarini xavfsiz his qilishlari darajasini G‘arbning farovon va rivojlangan mamlakatlaridagidek, deya aytishadi.

Huquq faollari esa shaxs, so‘z va matbuot erkinligi sohasida O‘zbekiston Shimoliy Koreya va Turkmaniston kabi mamlakatlar qatorida, deya baho beradilar.

Oxigi yillarda mamlakat bo‘ylab shaharlarni obodonlashtirish rejasi asosida ko‘plab shaxsiy uylarning buzilib, o‘rniga munosib tovon berilmaganligi, bundan norozi bo‘lganlar esa tazyiq ostiga olingani yuzasidan ba‘zilar O‘zbekistonni "Mugabening Zimbabvesi"ga qiyos qildilar.

Sizning fikringizcha, O‘zbekistondagi joriy vaziyat nazarda tutilsa, jahonning qaysi mamlakatiga o‘xshashroq?

"Ijtimoiy fikr" ruknimizda o‘z fikr-mulohazalaringizni Internetdagi Facebook va Odnoklassniki tarmoqlaridagi BBCUzbek sahifalarida qoldiring.

Whatsapp raqamimiz: +44 78-58-86-00-02

Shuningdek, sharhlaringizni quyidagi forma orqali ham yo‘llashingiz mumkin.

Your contact details
Disclaimer