Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Tabiatni asrovchi masjid qurildi

Arabiston yarim oroli, xususan, Fors Ko‘rfazi davlatlari dunyoda eng ko‘p energiya sarflovchi mamlakatlar qatoriga kiradi.

Bu mintaqada ob-havo qariyb yil bo‘yi issiq bo‘ladi. Endi esa neft-gaz hamda erkin savdo tufayli boyigan ushbu mamlakatlarda nafaqat uylar yo ishxonalar, hatto hojatxona va avtobus bekatlari ham maxsus sovutgichlar bilan salqin tutiladi.

Lekin Birlashgan Arab Amirliklarining eng gavjum shahri bo‘lmish Dubayda tabiatni asrovchi ilk inshoot - yangi masjid qurildi.

Masjid gilamlari va koshinlari issiq o‘tkazmaydigan, ichkarini salqin tutadigan ashyolardan ishlangan.

Tahoratga ishlatilgan suv esa masjid hovlisidagi gul va daraxtlarni sug‘orishga sarflanadi.

Elektr quvvati yil bo‘yi charaqlab turadigan quyoshdan olinmoqda.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02