Rojer Federerni "hind qilishdi"

Image copyright BBC World Service

Hammasiga shveytsariyalik tennis yulduzining o‘z iltimosi sabab bo‘ldi:

Rojer Federerning shu yil oxirida Hindistonda ikkita o‘yini bor.

Shuning uchun ham, safari bor-yo‘g‘i bir necha kun bilan cheklanadi, xolos.

Ikki-uch kun hayhotdek Hindistonni kezib chiqishga yetarmidi, deysiz...

Shu bois ham, taniqli tennischi "Twitter" orqali hindistonlik muxlislaridan ko‘mak berib yuborishlarini so‘radi.

Agar, quyida e‘tiboringizga havola etilayotgan suratlarga qaralsa, muxlislari ham Rojer Federerni uzoq kuttirib o‘tirishmadi.

Ular kompyuterlarini ishga solib, shveytsariyalik tennis yulduzini bir zumda Hindiston bo‘ylab "aylantirib tashlashdi":

Image copyright BBC World Service

Anish Bargava: Rojer Federerni muqaddas Varanasi shahrida tasavvur qilib, uning boshiga hindcha salla – "gamcha"ni qo‘ndirib qo‘ydi.

Image copyright BBC World Service

Pranav Agarval: Taniqli tennischiga Ganga daryosiga borib, uning "ilohiy" suvlarida bir sho‘ng‘ib olishni maslahat beribdi.

Image copyright BBC World Service

Jeymi: Federerning bir qo‘li bilan bergan zarbasini "tilla"ga tenglashtirarkan, Hindistonda qo‘shqo‘llab o‘ynashni ma‘qul ko‘rishlarini ta‘kidlagan.

Image copyright BBC World Service

Akshay Makadiya esa: Ming yulduz bo‘lmaydimi, Federerni shundoqqina daryo bo‘yiga olib borib, "kir yuvdirganu qo‘ygan".

Image copyright BBC World Service

Anur Savkur: Federerga Mumbayning "tillarda doston" poyezdiga "ilinib ko‘rish"ni qattiq maslahat berarkan, bu ishni yulduz tennischining o‘rniga o‘zi "qilib qo‘ya qolgan".

Image copyright BBC World Service

#TeamBelinda: Rojerga Muqaddas Ranglar Bayramlarini nazardan qochirmaslikni tavsiya qilarkan, allaqachon uni rang-barang qilib "bejab" tashlagan.

Image copyright BBC World Service

@pemberencir: Federerni qon olishga shay mahalliy qo‘shnoch bilan xoli qoldirarkan, "sen juda qo‘rqmas odamsan", deya dalda berishni ham unutmagan.

Image copyright BBC World Service

Sagar Hiraniy: Taniqli tennis yulduzini kurash maydoniga chiqararkan, "bu sizga tennis emas", deya hazillashishni ham unutmagan.

Image copyright BBC World Service

O‘z o‘rnida, Rojer Federer, albatta, Keralaga borib, Trissur Puram bayramida Piruvanam Kattan Mararning o‘rniga nog‘ora chalishi kerak, degan takliflar ham yo‘q emas.

Image copyright BBC World Service

Kristo Shajan: "Va nihoyat Rojer Federerning Hindistonda kortga chiqishi haqiqatga aylanadigan bo‘ldi", deya o‘z mamnunligini izhor qilgan.

Image copyright BBC World Service

Vinod D’sa esa, eng so‘nggida yulduz tennischiga Hindistonni ko‘rib, boshi gangib qolsa, vahimaga tushmasdan, bosib, bosib achchiqqina sutli choy ichishni maslahat bergan.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02