Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Keyptaun hamjinsbozlarga ham ochiq deyilgan masjidni yopmoqchi

Janubiy Afrikaning Keyptaun shahrida yangi ochilgan masjidni yopishga buyruq berilgan.

"Ochiq masjid"dan erkagu ayol, hatto jinsiy ozchiliklar ham birga foydalanishlari mumkinligi aytilgandi.

Mahalliy musulmonlarning qattiq tanqidlariga qaramay, masjid juma kuni rasman ochilganini e‘lon qilgandi.

Endi "Ochiq masjid"ni yopishga buyruq berayotgan Keyptaun shahar kengashi binodan ibodat sifatida foydalanishga ruxsat so‘ralmaganini aytmoqda.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02