Eski Qirg‘iz pasporti egalari O‘zbekistonga kiritilmaydi

Shu yilning 1 oktyabr kunidan boshlab O‘zbekiston Qirg‘iziston fuqarolarini 1994 yilda berilgan pasportlar bilan o‘z hududiga kiritishni to‘xtatgan.

Qirg‘iziston Davlat Chegara xizmatining ijtimioy va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limidan bildirishlaricha, 1 oktyabrdan keyin qirg‘izistonliklar O‘zbekistonga faqat 2004 yil nusxasidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan kiritiladi.

Ular esa ID card va umumiy fuqaroviy pasportlardir.

Mulozimlarga ko‘ra, bundan keyin 1994 yildan boshlab berilgan hujjatlar egalariga O‘zbekistonga kirish ma‘n etilgan.

Bu nusxadagi pasportlarning hujjatlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablariga javob bermasligi aytilgan.

Image copyright b

Qolaversa, 1994 yilgi pasportlardagi yozuvlar qo‘lda yozilgan.

Avvalgi yillarda BBC va jahondagi boshqa qator ommaviy axborot vositalari Qirg‘izistonning qo‘lda yozib to‘lg‘aziladigan pasportlaridan jinoiy maqsadlarda foydalanilganligi haqida maqolalar e‘lon qilganlar.

Qirg‘iziston Davlat Chegara xizmati ma‘sullari aytishlaricha, O‘zbekistonga kirish tartib-intizomidagi o‘zgartirishlar avvalroq Qirg‘iziston va O‘bekiston fuqarolarining o‘zaro bordi-keldilari haqidagi davlatlararo kelishuvga muvofiq kiritilgan.

Bu shartnoma ikki davlat rasmiylari tomonidan sakkiz yil oldin imzolangan.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer