Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiya-G‘arb nizosi bois Tojikistonda qimmatchilik

Rossiya G‘arbdan qishloq xo‘jalik mahsulotlari keltirib sotishni taqiqlarkan, bu mamlakatda O‘zbekiston va Tojikiston meva-sabzavotlariga ehtiyoj oshib ketdi.

Markaziy Osiyo dehqonlari ham ortayotgan talabga qarab, meva-sabzavot ishlab chiqarishni ko‘paytira boshlashmoqda.

Ammo Rossiyaga ko‘proq meva-cheva sotilayotgani bois Tojikistonning o‘zida ayni mahsulotlar narxi ikki baravarga oshib ketgan.

Ustiga ustak, Rossiyaga qarshi G‘arb kiritgan jazo choralari bois u yerdagi mehnat muhojirlariga talab ehtiyoj kamaygani haqida xabarlar bor.

Bu degani - Tojikistonga yuboriladigan pul ham kamayadi. Ayni damda esa narxlar oshmoqda.

Xullas, bog‘bon fermerlar xursandchiligi Tojikistonda hammaga ham tatimasligi aniq.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02