Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Endi har bir ayol ona bo‘la oladi

Shvetsiyada ko‘chirib o‘tqazilgan bachadondan ilk bola tug‘ildi.

Bolakayning 36 yashar onasida bachadon rivojlanmay qolgandi. Shu bois unga 61 yashar bir tanishining bachadoni ko‘chirib o‘tqazilgan.

Dunyoda har besh mingtadan bitta ayolda yo bachadon bo‘lmaydi, yo homilador bo‘ladigan darajada rivojlanmaydi.

Muddatidan biroz oldin, lekin sog‘-salomat tug‘ilgan bolakay esa dunyodagi yuz minglab farzandsiz ayollarga ona bo‘lish baxtidek bir umid baxsh etmoqda.

Ayni tajriba ortidan Britaniya kabi mamlakatlar ham kelasi yildan e‘tiboran, homilador bo‘lolmayotgan ayollarga bachadon ko‘chirib o‘tqazishni boshlashmoqchi.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02