Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

13 yashar qizaloq Marsni zabt etmoqchi

Amerikalik qizaloq Alissa Karsonning orzulari bir dunyo.

13 yoshida u Marsni zabt etishga ahd qilgan.

Ammo bu shunchaki bir hayol emas.

NASA mutaxassislariga ko‘ra, Alissaning imkoniyatlari katta va u hozirning o‘zida tayyorgarliklarni boshlab yuborgan.

Alisca hozirda tabiiy fanlar bilan birga bir necha tillarni o‘rganmoqda.

U NASAga qarashli uchta astronavtlar tayyorlash markazining barchasida mashg‘ulotlardan o‘tgan birinchi inson bo‘lgan.

Alissaning aytishicha, hech narsa, hatto Marsdan qaytib kelmaslik ehtimoli ham uni o‘z orzusidan qaytara olmaydi.

Otasi Alissa bilan 20 yillik rejani ishlab chiqishganini aytadi.