Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekistonda nega fohishaxonalar ko‘paymoqda?

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mamlakat bo‘ylab yuzlab "priton" yoki fohishaxonalarning fosh etilgani haqida hisobot bergan.

UZ24 nashrining IIV Huquqbuzarlikning oldini olish Bosh boshqarmasidan iqtibos keltirishicha, birgina Toshkentning o‘zida 334 ta, butun O‘zbekiston bo‘yicha esa 842 ta fohishaxonalar aniqlangan.

Ayni paytda qator nashrlar Toshkentda qizlarni Arab davlatlariga yetkazish bilan shug‘ullanuvchi odam savdogarlari qo‘lga olingani haqida xabar bergan.

AQSh Davlat Departamenti O‘zbekistonni fohishalikning manba‘i yoki xorijga fohishalar yetkazib berayotgan davlatlar sirasiga kiritgan.

Xo‘sh, so‘nggi raqamlar O‘zbekiston militsiyasi fohishabozlikka qarshi ayovsiz kurash olib borayotganini anglatadimi?

O‘zbekistondagi fohishabozlikning ildizlari qayerda?

BBC ushbu savollarni toshkentlik shoira va inson haqlari faoli Dilorom Ishoqovaga bergan.