Ijtimoiy minbar: "O‘zbek xalqi poraga o‘rganib bo‘ldi"

Image caption "Qonun posbonining o‘zi eng katta poraxo‘r bo‘lsa, qonunda nima ayb?"

Ijtimoiy tarmoqlarda bu haftadagi bahs mavzumiz-poraxo‘rlik.

O‘zbekistonda pora bermay yashash mumkinmi?

Poraxo‘rlikning ildizlari qayerda va uni yo‘qotib bo‘ladimi?

Sharhlaringizni Facebook va Odnoklassniki dagi BBCUzbek sahifalarida qoldiring.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02 Beshikdan qabrgacha?

Aysanem Asenova: Bolaga beriladigan pulni ham pora berib olamiz.

Xurliman Minajaddinova: Men kasalxonada oyog‘i yiringlab, kesishga tayyorlab qo‘yilgan yotoqdagi bemorning "sanitarka"...deb bir necha soat baqirib yotganining guvoxi bo‘lib, yuragim larzaga kelgan. Hammasi yotoqdagi kasallar bo‘lgani uchun 1-2 so‘m pul bermasa hatto sanitarkalar garshoklarini almashtirib, xabar ham olmas ekan. Ish joyida hamma ishchilar davlatdan oylik oladi-ku?

Muxammad Muxammad: Yaqinda 6 yarim yosh o‘g‘limni maktabni birinchi sinfiga kuyish uchun 60.000 so‘m berishga majbur buldim. Saqlansam va keyingi yilgacha sabr qilib, o‘sha pulni bermay ham qo‘ysam bo‘lardi. Hammasi o‘zimizga bog‘liq-ku. Xudo O‘zi kechirsin.

Aysanem Asenova: Men o‘qiyapman. Rektor, prorektorlar pora olgan domlalarni ushlashga yordam bering, deydi. Ammo kim bunday qila olardi?. Ustozlarda ham uyat degan narsa qolmagan. Bermay ham qo‘ydik, ammo unaqada o‘qish qiyin ekan.

Gulnara Usmanovna: Shifokor hatto hamshirani kissasiga pul solmang-chi... ishingiz bitarmikan? "Barcha tibbiy xizmatlar bepul" degan yozuvlar xo‘jako‘rsinga. Maktablarni-ku, gapirmasayam bo‘ladi.

Daston Akmal: Ayniqsa o‘qishga kirish borasida juda kuchli poraxo‘rlik bizda!!!

Abror To'rayevich: Ayniqsa oliy o‘quv yurtlarini aytmaysizmi?. Pora beradiganlar ham, pora oladiganlar ham topiladi. Oxir-oqibat har yili minglab talabga javob bermaydigan kadrlar el xizmatida yoki ish topolmay ovora...

Rayyona Dadaxonova: Bu narsa oddiy narsaga aylanib qolgan, pora olmagan insonning o‘zini bilmayman.

Shahzod Bukharov: Xohlaymizmi, yo‘qmi, bu bor narsa.

Akmal Maxmudov: Bu odamlarning oyligi- pora, tirikchiligi- pora. O‘zbekistonda...hamma joyda o‘z stavkalari bor, uni hamma biladi, faqat jim turadi...

Shirin Qodirova: Bizda porasiz ish bitirish qiyin. Bunga ba‘zan beruvchi, ko‘pincha esa oluvchi aybdor.

Bahodir Choriyev: Bundan 15 yil oldin O‘zbekistonda pora bermay ish qilish mumkin edi. Hozirgi kkunda porasiz yashashning imkoni yo‘q. Halol insonni hayotning o‘zi pora berishga majbur qilmoqda.

Shakhriyor Karshiyev: Chet elga ketishimdan oldin voyenkomatdan hujjat kerak bo‘ldi. "Medosmotrga o‘t!" deb baqirdi. Medosmotrdan o‘tdim, kontrakt armiya deyishdi. Men jon deb borgan bo‘shardim, sariq bo‘lganman dedim. Hujjat opkel deyishdi. Analiz topshir deyishdi. Nima desa qilaverdim. Taxminan 10 kun. Xullas, hujjatni oldim. Hech kim bir tiyin so‘ramadi. so‘raganida ham bermasdim".

Maoshlar va O‘zbekchilik

Ikroma Cakir: Oylik oz, odamlar och, bolalari pul deydi. Oylikdan svet, gaz, obuna, remontga qaytariladi. Arzimagan pul qoladi. Kiyim olsinmi, non olsinmi?. Qanday qilib oylikka yashaydi?..

Fozil Malikov: O‘zbekning qonida por poraxo‘rlik. Faqat go‘r tuzatadi buni.

Abdurazzoq Abdulhaq: Poraxo‘rlik shu darajaga yetganki, ba‘zida kirgan joyingda ishing bitib, pora bermasdan chiqib ketishga hijolat bo‘lib qolasan kishi.

Boburbek Akramjonovich Azmiboyev: Inflyatsiya yiliga 10-14%. Har yili oyliklarimiz 10 % oshadi. Buning orqasidan bozorga kirsangiz, kechagi narxdan 20 % qimmat. Nima bo‘ldi, desangiz, oylik oshdi-ku, deyishadi! Avgustning 15- da oylik oshsa, sentyabrdan gaz-svet oshadi. Nima o‘zgaradi?!..

Gulshan Karayeva: Maoshlar ko‘tarilishi barobarida hamma narsa ko‘tariladi. Poraxo‘rlikka qarshi kurashish uchun bu yetarli emas.

Shukurjon islomov: Qanaqa porani gapiryapsizlar , "sovg‘a", "hadya", "ataganimiz", "ixlos", "muomalasi" degan narsalar bor, xolos.

Narzullo Akhunjonov: Pora bermagan odamning ishi bitmay qolaveradi. Ish haftalab, oylab va hattoki, yillarga ham cho‘zilishi mumkin. Bugungi rejimning asosini xuddi shu poraxo‘rlik tashkil etadi va bu uning "real va ideal" hayot tarziga aylangan, deyish mumkin.

Ali Khan: Pora beradigan bo‘lmasa, oladigan ham bulmaydi. Hamma ishini oson yul bilan bitkazishni xohlaydi. SSSR davridan beri kelayotgan byurokratiya odamlarni shunga o‘rgatgan. Endi bu mentalitetni yo‘qotish uchun a-a-ancha vaqt va mehnat kerak bo‘ladi.

Kh Ishmuhamedov: Tanish-bilishchilik qilib ishini bitirganlar ko‘p, tanishi yo‘qlar pora bilan bitiradi-da!..

Naser Muhammad: Pora mamlakatni ich-ichidan yemiruvchi illat. O‘zbekistonda bu illatning ildiz otib ketishiga ko‘p omillar sabab. Ilmsizlik, dinu-diyonatdan yiroqlik, pora olishga o‘rganib qolishlik va hokazo. Davlatmand poraxo‘r aynan pora orqali badavlat bo‘lgani uchun ham poradan voz kecha olmaydi. Yukori lavozimlarda ishlayotgan hamyurtlarimiz hayot tarzlari sarfi uchun oylik maoshi yetib ortishi, albatta bu kulgili.

Narzullo Akhunjonov: Eng qizig‘i, hozirgi rejim o‘z manfaatiga xizmat qiluvchi juda ham muhim huquqiy asosni yaratib oldi. Ya‘ni qonunga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchaga ko‘ra, pora beruvchi ham pora oluvchi bilan teppa-teng ravishda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Endi o‘ylab ko‘ring, qaysi shaxs yurak yutib pora berganligini ayta oladi? Bundan xulosa shuki, ushbu huquqiy mexanizm doirasida pora oluvchilarning oshig‘i yanada olchi bo‘ladi.

Yo‘qotib bo‘ladimi?

Ali Aliyiv: Menimcha, O‘zbekistonda porasiz hayotni tasavvur qilish qiyin, chunki o‘zbek xalqi poraga o‘rganib bo‘ldi. Avvalo yuqori mansabdagilar xalqni shunga majburlab o‘rgatib bo‘ldi. Bundan qutulish qiyin bo‘ladi.

Golibbek Kholnazarov: Poraxo‘rlikni o‘zbekchilika taqamaslik kerak, bu sistema ataylab yaratilgan, katta pora yeyapganlar, o‘zidan pastdagilarga ozroq yedirib qo‘yib, uni muttaham, mute‘ qilish maqsadida! Endi bu odatlarni Yangi Prezident saylangandan keyin qolishi yo yuqolishi uning siyosiy irodasiga va insofiga bog‘lik! Yo‘q qilaman desa, bir-ikki yilda butun o‘zbek xalqini halol, mo‘min-musulmon qiladi. Xohlamasa, qani endi o‘zbekchilik shu-da deb obkellaring, deydi!

Otabek Jo'raxo'jayev: Poraxo‘rlikni yo‘qotish juda qiyin. Gap qonunda emas, uning ijrosida. Qonun posbonining o‘zi eng katta poraxo‘r bo‘lsa, qonunda nima ayb?

Abdurazzoq Abdulhaq: Bu illatni yo‘q qilish uchun avvalo, to‘g‘ri sistemaga o‘tilishi kerak.

Gulshan Karayeva: Shunchaki, hech kim bermay qo‘yishi kerak!

Bashorat Eshova: O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas. Poraxo‘rlik odat tusiga kirib qolgan.

Naser Muhammad: Poraxo‘rlik yo‘qolishi uchun juda og‘riqli choralar zarur... Poraxo‘rlikning O‘zbekistonda hali-beri yo‘qolishiga umid ham qilmanglar.

Saidova Sabohat: Bo‘lgan, bo‘ladi, davomiy bu illat!

Amir Turon: Albatta mumkin. Buning uchun Ollohning hokimiyati bo‘lgan Islom Davlatini qurish kerak.

Aysanem Asenova: Bu narsani yo‘qotishga minglab yillar kerak bo‘ladi.

Gulnara Usmanovna: Porani oluvchini emas, beruvchini jazolash kerak. Qaysi mamlakatda bo‘lmasin, aholini ehtiyojidan maoshi 10 barobar ortiq bo‘lsagina, poraxo‘rlik bo‘lmasa kerak. Bu mening shaxsiy fikrim.