"Qaysi mashg‘ulot ayol kishiga tegishli?"

Image copyright thinkstock

Avstraliyadagi televizion o‘yinlardan biri jinsiy kamsitish haqida shikoyatlar tufayli uzr so‘rashga majbur bo‘ldi.

Channel 10 dagi viktorinalardan birida "Ayol kishiga taaluqli mashg‘ulotning nomini ayting" degan savol yangragan.

Qator ayol tamoshabinlar bu savolni "jinsiy kamsituvchi" deya shikoyat qilganlar.

Ushbu savolga "to‘g‘ri" javoblar orasida ovqat pishirish, uy tozalash va idish-tovoq yuvishlar bo‘lgan.

Erkak kishiga taalluqli mashg‘ulotlar orasida esa quruvchi, mexanik va chilangar kabi kasblarni tilga olish "to‘g‘ri" javob, deya qaralgan.

Chorshanba kuni efirga uzatilgan ushbu o‘yindagi savollar borasida internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda tortishuvlar boshlanib ketgan.

Ba‘zi tamoshabinlar savollarni "kamsituvchi va haqoratli" deya ta‘riflaganlar.

Payshanba kuni Channel Ten o‘zining Facebookdagi sahifasida ayol va erkak mashg‘ulotlari haqida o‘yinda yangragan ikki savol uchun uzr so‘rashini ma‘lum qildi.

"Bu savollar ko‘rsatuvda yangrashi kerak emas edi", deyiladi telekanal bayonotida.

Your contact details
Disclaimer