Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekisto"lik hasharchi: "Terilmagan paxta uchun haq olishmoqda"

Image copyright none

O‘zbekistonda paxta mavsumi davom etar ekan, xususiy shirkatlar va davlat xizmatchilarini terimga majburiy yo‘llash davom etmoqda.

BBC suhbatlashishga muvaffaq bo‘lgan toshkentlik faol Abdurazzoq Sodiqovga ko‘ra, uning shifokor bo‘lib ishlovchi rafiqasi paxta terimi uchun Toshkentdan Jizzaxga olib ketilgan.

Rafiqasini borib ko‘rgan Abdurazzoq Sodiqovning aytishicha, paxta yig‘im-terimiga safarbar etilgan hasharchilar yashayotgan sharoitlar og‘ir.

Bundan tashqari, hasharchilar paxta yo‘qligi yo-da, kunlik belgilangan miqdorni terishga muvaffaq bo‘la olmayotganlari uchun o‘z yonlaridan pul to‘lashga majbur bo‘lishayotgan ekan.

Huquq faollari har bir kilogramm terilgan paxta uchun 217 so‘m to‘lanishi nazarda tutilganini aytishadi.

Abdurazzoq Sodiqovning aytishicha esa, terilmagan paxta uchun 350 so‘mdan "haq" olinmoqda ekan.