Avstraliyalik musulmon:“Dinim uchun yomon ko‘rishadi” Fil Merser Fil Merser, Bi-bi-si, Sidney

Image caption Orif Xon Husayn aksilislom haqoratlar ostida qolgan

Orif Xon Husayn aksilislom haqoratlar ostida qolgan Afg‘onistonlik sobiq qochqin Orif Husayn Xon Avstraliyada yigirma yildan ortiqroq umrguzaronlik qiladi.

Sentyabr oyining oxirlarida u Sidneydagi parklarning birida hordiq chiqarayotgan payti uning yo‘lini o‘rta yosh ayol to‘sadi.

"U jon-jahdi bilan baqirardi, keyinroq men uning nima aytayotganlarini tushundim”, deydi 26 yashar Orif Husayn Xon.

Ayol uni terrorchi deb haqoratlar, Suriyaga borib ekstremistlar qatorida urushga kir deya baqirar va irqini kamsitib tahdid qilar edi.

"Bu haqoratlar hech to‘xtamas edi, bu ayol menga va musulmonlarga nisbatan o‘lim tahdidini baqir-chaqir bilan davom etishdan charchamayotgandi...”

"Men qattiq xafa bo‘ldim. Men xuddi yakkalanib qolgan va rosmana avstraliyalik degan qolipga sig‘mayotganday his qilardim o‘zimni”, deb xotirlaydi u.

Musulmonlarga qarshi ehtiroslar jo‘sh urmoqda

Image copyright EPA
Image caption Kimga qarshi do‘stlashmoqdalar?

Kimga qarshi do‘stlashmoqdalar? Orif Husayn Xon bu haqoratlar ichida yolg‘iz emas... Faollarga ko‘ra, mamlakatda xavfsizlik borasida xavotirlar ortar ekan, musulmonlarga qarshi kayfiyatlar ham urchib bormoqda...

O‘tgan oy Avstraliya bir necha keng ko‘lamli aksilterror amallarini o‘tkazdi.

Bungacha go‘yo ekstremistlar avstraliyaliklarga qarshi hujum rejalayotgani haqida xabarlar tarqalgan va bu xabarlarning bir uchi “Islomiy Davlat”ga borib taqalgan edi.

Aksilislomiy hujumlar Musulmon Huquq Tarmog‘i tomonidan ro‘yxatga olinmoqda.

Ular qatorida Avstraliya Muftiysiga qarshi tahdidlar ham bor.

"Sidneylik onaning betiga tuflashdi, uning farzandi yotgan aravachini tepishdi...Boshqa bir voqeada, bir erkak Pertsda ayolning boshidan ro‘molini yulib olmoqchi bo‘ldi...Bir necha

masjidlarga tahdid qilishdi, tuxumlar otishdi va cho‘chqa kallasini xochga tiqib tashlab ketishdi”, deydi huquqshunos va musulmon jamoasining voizi Mariyam Veyszodah.

Yaqinda esa uch erkak Ku Kluks Klan, motor arava bosh kiyimi va burqa kiyib parlamentga kirishga harakat qildi.

Maqsad butun mamlakat bo‘ylab ayollarning hijobini taqiqlashga erishish edi.

Dam olish kunlari esa Avstraliyadagi masjidlar barcha qiziqqanlar uchun o‘z eshiklarini ochib qo‘ydi.

Bu bilan diniy hamjihatlik va bir-birini yaxshiroq tushunish uchun zamin hozirlashga chog‘landilar.

"Musulmonlar anchayin qo‘rqib qolishgan shu kunlar, kelajak nima bo‘ladi deb xavotirga tushganlar... Bizga havo etishmayotganday shu kunlar”, deydi Lakemba masjididan Shayx Vesam Chorkariy.

Xullas, kun bo‘yi Sidneydagi eng yirik masjidga odamlar oqimi to‘xtamadi.

Aksariyat, shialar va sunniylar o‘rtasidagi farq va islomiy hijob haqida so‘rashardi.

Shuningdek, yoshlarni qanday qilib aqidaparastlar domidan saqlab qolishga doir mubohasalar ham bo‘lib o‘tdi.

Yaqinda “Islomiy Davlat” Sidneylik o‘smir Abdulla Elmirning videosini oshkor etdi.

Bu esa avstraliyalik musulmonlarga yana bosimni kuchaytirdi.

Eng yomoni, mana shu sidneylik o‘smir uyidan qochib, bu aqidaparastlar safida qurol o‘qtalib o‘z hamshaharlariga qarshi tahdid qilishi edi...

Tugunning echimi bormi?

Image copyright AFP
Image caption Kimga qarshi do‘stlashmoqdalar?

"Islomiy Davlat"ni Islom dini bilan chalkashtirayotganlar soni ortmoqda Kanberrada esa hukumat musulmonlarni o‘zlarini yakkalangan va yo tashlab qo‘yilgan deb his qilmasligi kerak deb aytmoqda.

Politsiya ham bu muammoni hal qilish yo‘lida harakat qilayotganini urg‘ulamoqda.

Politsiya “bir necha kishilarni nafrat jinoyati shubhasi bilan hibsga olishgani va ularning ishi mahkamaga oshirilganini” ma’lum qildi.

Kuinslandda 34 yoshli avstraliyalik musulmonlar markazi devorlariga haqoratli yozuvlar bitgani uchun qo‘lga olingan.

Ammo barcha xavotirlar va ishonchsizlik orasida hamon umid bor.

Avstraliya jamiyati bu kabi tahdidlar va haqoratlarga toqat qilib o‘tirmasligini ham ko‘rsatmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda musulmonlarga nisbatan nafrat bilan bir qatorda, ularni haqorat qilayotganlarga qarshi hissiyotlar akslanmoqda.

Musulmon ayol va qiziga qarshi hujum mahali ikki mahalliy yosh ularning yonini olgani uchun mahalliy imom tomonidan olqishlandi.

"Jamoatchilik orasida ziddiyat urchimoqda, boshqa tomondan aksariyat avstraliyaliklar aynan hujum nishoni bo‘lganlarning yonini olgani haqida xabarlar ham bor”, deydi Avstraliya Musulmon Ayollari jamiyatidan Silma Ihram.

Afg‘onistonlik sobiq qochqin Orif Husayn Xon holatida ham shunday bo‘ldi.

Bir avstraliyalik politsiyaga telefon qildi, boshqasi kelib undan hol so‘radi, uzr tiladi.

"Aksariyat avstraliyaliklar toqatbaror va turfa fikrlarga hurmat bilan qarashadi. Ammo kichik bir guruh odatda mana shunaqa baqir-chaqir qilib turadi”, deydi Orif Husayn Xon.