"Sahro marvaridi" filmi haqiqiy O‘zbekistonni aks ettirganmi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiyaning birinchi telekanali orqali "O‘zbekiston - Sahro marvaridi" nomli hujjatli film namoyish etilgan. Film mamlakatning boy o‘tmishi, tarixiy obidalari, mehmondo‘st xalqi, qadimiy donishmand va allomalari, hamda go‘zal tabiati haqida hikoya qiladi.

Film chindan ham tarixda katta iz qoldirgan bu zamin farzandlari - Ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bek va Navoiy kabi buyuk shaxslarni esga oladi.

Bir ko‘rishda har qanday odamni ehtimoliy sayyohga aylantira oladigan bu film namoyishi, ayni paytda, Toshkent aeroporti dunyoning beshinchi eng yomon aeroporti degan nomga sazovor bo‘lib turgan bir paytda ko‘rsatilmoqda.

Toshkentlik dokumentalist va suratkash Umida Ahmedovaning aytishicha, "O‘zbekiston - Sahro marvaridi" hujjatli filьm emas, balki reklama klipidir. Unga ko‘ra, filьm O‘zbekistondagi asl vaziyatni aks ettirmaydi. Suhbatni tinglang.