O‘zbekiston iqtisodidan kim foyda ko‘radi: xalqmi yo elita?

Bi-bi-si O‘zbek xizmati "Ijtimoiy minbar" rukni doirasida "O‘zbekiston iqtisodiyoti maqsadi nima: mamlakat farovonligimi yoki elita hamyonini qappaytirish?" degan savol bilan Feysbukdagi mushtariylariga murojaat qildi.

BMT Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror o‘sib borayotgan davlatlar sirasiga kiradi.

Komissiya joriy 2014 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘rtacha 8 foizga o‘sishini bashorat qilgan.

Jahon Bankining 2013 yil natijalariga oid chiqargan yillik hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda Yalpi Ichki Mahsulot (YaIM) o‘tgan yili 8%ga o‘sgan. Britaniyada YaIM - 1,7%, AQShda - 1,9%, Shveytsariyada esa u 1.6 foizni tashkil qilgan. Demak, O‘zbekiston hukumatidan olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan bu hisobotga ishonilsa, O‘zbekistonda o‘sish G‘arbning eng rivojlangan davlatlaridagidan bir necha baravar yuqoridir.

Prezident Islom Karimovning aytishicha, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi ilk navbatda mamlakat aholisi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Ammo, mustaqil kuzatuvchilar va muxolifatning aytishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti naqd chiqarishga asoslangan.

Bunday siyosatni ular O‘zbekistondagi elita cho‘ntagini qappaytirishga qaratilgani bilan izohlashadi. Bu kabi qarashga paxta, oltin, gaz va boshqa tabiiy boyliklardan keladigan foydaning shaffof emasligi va xalq orasida ochiqcha muhokama etilmasligi ham asos qilib keltiriladi.

Xo‘sh, O‘zbekiston iqtisodiyoti maqsadi nima: mamlakat farovonligimi yoki elita cho‘ntagini qappaytirish?

Quyida mushtariylarimiz qoldirgan ba’zi fikrlar.

Sherzod Turdiev: "O‘zbekistonda hamma narsa turg‘un o‘sishda! Oylik yiliga 20% o‘sadi, daromad solig‘i, elektr toki, gaz, suv 30%ga, YaIM 8%ga, inflyatsiya 25%!"

Sanjar Muminov: "Hammalaring noshukur dangasa bandalarsan! O‘zbekiston JANNAT! Tinch va go‘zal o‘lka! Harakat qilgan boy bo‘layapti, harakat qilmagan hor! Hammasi o‘zimizga bog‘liq! Bizga hamma sharoitlar yaratib berilgan!"

Umidjon Hoshimov: "O‘zbekistondagi har qanday iqtisodiy o‘sish bu faqat oddiy xalqning mehnati evazigadir. Chunki bizning xalq o‘ta mehnatkash bo‘lib qolgan. Hattoki ilmga ajratilishi kerak bo‘lgan vaqtni ham mehnatga sarflayotgani achinarli".

Amir Turon: "O‘zbekistonda faqat Karimovning qizlari va SNBchilarning cho‘ntagini qappaytirish bo‘layapti. O‘ttiz million aholidan ellik mingi SNB bo‘lsa, ikki yuz mingi MVD bo‘lsa. Prokuror va sud va shunga o‘xshagan xalqni himoya qilishning o‘rniga talon-taroj qilayotganlar farovon yashayotgandur, qolgani-chi?"

Alisher Abdujabbarov: "BBC Uzbek, turmush har doim yaxshilangan sari ehtiyojlar ham ortib boradi. Mening turmushim el qatori yaxshilanmoqda. Gohida ketadi, gohida Armon qoladi)), mashina, kvartira olish, yangilash ehtieji har doim bor. Menda mashina bor, yangilasam yaxshi bo‘lardi. )) O‘g‘limda ham mashina bor, u ham yangilashni o‘ylab yuradi. Uch farzandim oliygohda kontraktda o‘qishadi))) Sarf-xarajatga har doim etmaydi)). Lekin bu bilan men turmushim yomonlashdi deb ayta olamanmi? Yo‘q! Yaxshilashdi!!!"

Abdumalik Nosirov: "Turmush yaxshi bo‘lishi lozim degan "qolipni" qanday tushunishimiz kerak? Bu borada umumiy qabul qilingan kategoriya mavjudmi? Aytaylik, har bir xonada minimum 1ta televizor, 1ta xolodilnik, 1 kir yuvish mashinasi, maksimum har bir xonadon sohiblarida 1tadan televizor, 1tadan avtomobil, 1tadan aloxida dushevoy i tualet va hokazo kabi privilegiyalar nazarda tutiladimi?"

Golibbek Kholnazarov: "Sovet maktabi vakillariga" bir savol- nimaga MEN, ajdodlari odam yaralgandan beri shu O‘zbekiston hududida yashagan, ko‘rinishi, uchta oliy ma’lumotli (bittasi chet elniki), idroki va tanasi sog‘lom, o‘z Vatanimda IShSIZMAN??? Hatto ajnabiy karisga topilgan ish, manga YO‘Q?? Man O‘zbekiston hokimiyatida o‘tirgan va o‘zbek xalqini xo‘rlab, o‘zbek tilini xo‘rlab, aysh qilayotganlarni gapirmadim, oddiy savol - NEGA MEN IShSIZMAN???"

Oybek Elmirzaev: "Meni bir savol qiynaydi: Qishloq sharoitida SVET, GAZ qachon to‘liq ta’minlanadi...?"

Alisher Abdujabbarov: "Hech qachon ta’minlanmaydi. Agar qishloq aholisi bu muammoni O‘ZI echmasa. Gaz va elektr ta’minotidagi uzishlar aholining bu ne’matlarga "qarzi" bor deb bahona qilib amalga oshadi. Agar qishloq yoki boshqa aholisi punkti O‘ZI shu ne’matlarni etkazish bilan shug‘ullansa "qarz" bo‘lmasa va o‘z huquqlarini talab qilsagina bu sohada tartib bo‘ladi. Agar davlat tomonidan hal etilishini kutilsa, hech qachon hal bo‘lmaydi.

Muxammad Muxammad: "Iqtisodiyotning o‘sayotgani fakt. Chunki hozir hatto tumanlarda ham kichik korxonalar ko‘payib ketdi. Puli ko‘paygan boy borki, hammasi nimadir ishlab chiqazish uchun Xitoydan texnologiya liniyalarini olib kelish bilan band."

Nafisa Hasanova: "Birinchidan men iqtisodchi emasman, ikkinchidan, menimcha savolni biroz boshqacha qo‘yish kerak, bo‘lmasa ha yoki yo‘q bo‘lib qoladi. Rasman mamlakat iqtisodining maqsadi nima ekanini bilmayman, lekin aslida muammolar juda ko‘p. Yakkahokimlik va vakillik demokratiyasining yo‘qligi elitizmga yo‘l ochib beradi. Zahiralar va iqtisoddan tushgan foyda ta’siri katta bo‘lgan oilalarning tor doirasi ichida qoladi. Poraxo‘rlik hamma narsani ushlab turgan juda muhim omildir. O‘zbekistonda ham qonuniy, va ham noqonuniy yo‘llar bilan boyish mumkin. Lekin, hamma sohada elita bilan bo‘lashish kerak bo‘ladi. O‘zbek va tojik tillarida boy odam badavlat deya tasvirlanadi. Bu Sovet davrida hokimiyatda bo‘lish va farovon bo‘lish o‘rtasidagi aloqaning paydo bo‘lganini aniq ko‘rsatadi. Ya’ni hokimiyatda bo‘lgan odamning qorni har doim to‘q bo‘lgan va uni hurmat qilishgan. Vakillik demokratiyasi va iqtisodiy zahiralarning teng bo‘linishi yo‘q ekan, afsuski, juda kam sonli oilalar iqtisodni nazorat qiladi. Iqtisodni elita boshqaradi va mamlakat olib kirilayotgan mahsulotlar ham ularning elagidan o‘tadi. Albatta, ba’zi hollarda boshqalarga ham biroz ushoq tushishi mumkin, lekin bu, "demak, harakat qilsa, nimagadir erishsa bo‘lar ekan" degan illyuziyani yaratishga xizmat qiladi. Lekin, faqat bir yo‘lda harakat qilish mumkin, u ham bo‘lsa, elitani boyitibgina yashab qolish mumkin. Bu iqtisodchi bo‘lmagan odamning kamtarona fikri."

O‘zbekiston iqtisodidan kim foyda ko‘radi: xalqmi yo elita? 29 Oktyabr 2014Baham ko‘ring Bi-bi-si O‘zbek xizmati "Ijtimoiy minbar" rukni doirasida "O‘zbekiston iqtisodiyoti maqsadi nima: mamlakat farovonligimi yoki elita hamyonini qappaytirish?" degan savol bilan Feysbukdagi mushtariylariga murojaat qildi.