Shvetsiya Falastinni davlat sifatida e’tirof etmoqda

Image copyright AFP
Image caption Shvetsiya Falastinni e’tirof etgan ilk g‘arb mamlakatiga aylanmoqda

Shvetsiya Falastinni e’tirof etgan ilk g‘arb mamlakatiga aylanmoqda Shvetsiya hukumati payshanba kuni Falastinni rasman mustaqil davlat sifatida tan olish niyatida, deya xabar berdi Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Margot Valstrom.

Shunday qilib, Shvetsiya Falastinni e’tirof etgan Ovro‘po Ittifoqidagi ilk mamlakatga aylanmoqda.

Shvetsiya Falastinni e’tirof etishga tayyor ekani to‘g‘risida oktyabr oyi boshida mamlakat Bosh vaziri Stefan Leven e’lon qilgandi.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Avigdor Liberman ushbu qarorni tanqid qilib chiqqan.

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Falastinni rasman e’tirof etish xususidagi Shvetsiya qarorini olqishlab chiqqan.

"Prezident Abbos Shvetsiya qarorini olqishlaydi," - deb aytgan Falastin prezidentining so‘zchisi Nabil Abu Rudeyna Frans Press axborot agentligi bilan suhbatda.

Uning ma’lum qilishicha, Falastin prezidenti Shvetsiya qadamini "jasurona va tarixiy" deya ta’riflagan.

Mahmud Abbos boshqa mamlakatlarni ham Shvetsiya izidan borishga chaqirgan.