Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Prezidentlar Karimov va Nazarboyev nimalarni muhokama qilishadi?

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Qozog‘istonga safari boshlangan.

Qozoq rasmiylariga ko‘ra, O‘zbekiston rahbarining shimoliy qo‘shnisiga tashrifi ikki kun bo‘ladi.

Prezident Karimov janob Nazarboyevning shu yil 11 noyabr kuni qilgan Qozog‘iston xalqiga murojaati ortidan Ostonaga safar qilayotgan birinchi mintaqaviy davlat rahbari bo‘ladi.

O‘z murojaatida Qozog‘iston rahbari mamlakat global sinovlar qarshisida turgani, kelayotgan yillarda yuz beradigan voqealar dunyo arxitekturasini o‘zgartirib yuborishi, hamma davlatlar ham bu sinovlardan munosib chiqa olmasligini mumkinligini aytgan edi.

Janob Nazarboyevning muddatidan avval qilgan murojaati Qozog‘istonning o‘zi va mintaqadagi geosiyosiy vaziyat bilan bog‘liq turli farazlarga sabab bo‘lgan.

Tahlilchilar Rossiyaning Ukrainadagi amallari va G‘arbning Moskvaga qarshi jazo choralari manzarasida katta sondagi rusiyzabon aholiga ega Qozog‘iston Rossiyadan uzoqlashish yoki bu salbiy omillar ta‘sirini kamaytirishga urinayotganini aytishadi.

Prezident Karimovning Qozog‘istonga safari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning kelasi oy Toshkentga kutilayotgan tashrifi oldidan amalga oshirilmoqda.

Xo‘sh, janob Karimovni Ostonaga yetaklagan sabablar nimalar bo‘lishi mumkin?

BBC ushbu savolni Frantsiyada istiqomat qiladigan siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimovga berdi.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Azizlar, BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002