AQSh senatorlari Karimovdan siyosiy mahbuslarni ozod qilishni so‘radi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Amerikadagi Frid Nau tashkiloti xabar tarqatishicha, amerikalik sakkiz senator Prezident Karimovga maktub yo‘llaganlar.

AQSh senatorlari O‘zbekiston Prezidentiga Afg‘onistondan xalqaro kuchlarni olib chiqishda hamkorlikdan minnatdorlik bildirgan holda, qamoqxonada saqlanayotgan besh o‘zbek siyosiy mahbusini zudlik bilan ozod qilishga chaqirganlar.

Solijon Abdurahmonov, A‘zam Turg‘unov, Dilmurod Sayyid, Muhammad Bekjon va Bobomurod Razzoqovlarni ozod qilishga chaqirgan senatorlar keyingi oy AQSh-O‘zbekiston maslahat uchrashuvlari kutilayotganini ma‘lum qilganlar.

BBC toshkentlik inson haqlari faoli Sur‘at Ikromovdan ushbu murojaatga O‘zbek hukumatining munosabati qanday bo‘lishi mumkinligi haqida so‘radi.

Sur‘at Ikromov, O‘zbekiston qamoqxonalarida saqlanayotgan siyosiy va diniy mahbuslarning soni ko‘pligi, ularning taqdiriga xalqaro tashkilotlarning e‘tibori ijobiy rol o‘ynashini bildirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston qamoqxonasida eng uzoq muddat, qariyb 22 yildan buyon qolayotgan Murod Jo‘rayevning ham sog‘ligi yomonligi, u zudlik bilan ozod qilinishi kerakligini ta‘kidladi.

Sur‘at Ikromov bilan suhbatni tinglang.

Azizlar, BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002