Marokash janubiy mintaqalarini sel bosdi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Marokash Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, mamlakatning janubiy mintaqalarini sel bosishi oqibatida 32 nafar inson halok bo‘ldi va yana kamida olti nafar inson dom-daraksiz yo‘qoldi.

Birgina Guyelmin shahri yaqinida 24 nafar inson halok bo‘lgan.

Ko‘plab mintaqalarda odamlar binolar tomiga chiqib, seldan jon saqlashgan.

Mahalliy matbuotga ko‘ra, armiya va politsiya 214 nafar insonni qutqarib olgan.

Ovro‘polik sayyohlarning suyukli makoni hisoblangan Marokech oromgohi atrofini ham suv bosgan.

Xabarlarga ko‘ra, o‘nlab uylar va ko‘priklar vayron bo‘lgan, elektr yog‘ochlari ag‘darilgan.

Azizlar, BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002