"O‘zbekenergo" rahbari muzlagan qishloqqa borgandami?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Shu kunlarda Serbiya sharqida qaqshatqich sovuqlar kuzatilmoqda, ko‘p odamlar elektr energiyasisiz qolganlar.

Serbiya Energetika vaziri Aleksandr Antich vaziyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmoqchi bo‘lib, Maydanpek shaharchasiga bordi.

Maydanpekda issiqlik tizimi ham, telefon xizmatlari ham ishdan chiqqan.

Janob Antich vaziyatni o‘nglash uchun nima ishlar qilinayotgani haqida endi jurnalistlarga gapira boshlaganda, katta muz parchasi kelib naq boshiga tushdi.

Yaxshiyam boshida kaskasi bor ekan, kaskada yoriq paydo bo‘ldi.

Biroq Serbiya Energetika vaziri jiddiy jarohatlangani yo‘q.

Biroz boshi kalovlanib turgan Aleksandr Antich shunday dedi:

"O‘zingiz ko‘rganingizdek, bu narsa bu yerdagi odamlar qanday sharoitlarda ishlayotganlarini yaqqol namoyish etadi".

Siz "O‘zbekenergo" yoki "O‘ztransgaz" rahbari qish sovug‘idan aziyat chekayotgan mintaqaga borib ahvolni yaxshilashga bosh-qosh bo‘lganlari haqida eshitganmisiz?

Sharhsiz video.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002