Qozog‘iston: Rossiyadan kim qo‘rqadi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev kelasi yil Qozoq davlatchiligining 550 yilligini nishonlash rejasini e‘lon qilgan.

Nursulton Nazarboyevning bu qarori Rossiya prezidenti Putinning Qozog‘istonda davlatchilik bo‘lmagani haqida da‘volariga javob o‘laroq talqin qilinmoqda.

30 foizdan ortiq ruslar istiqomat qiladigan Qozog‘istonda Rossiyaning Ukrainaga nisbatan siyosatiga munosabat qanday?

Markaziy Osiyoning eng badavlat mamlakati yoshlari nima uchun Rossiyadan qo‘rqishmaydi?

Xayrullo Fayz Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohatining birinchi qismida Qozog‘istonga safar qiladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002