"The Guardian" O‘zbekiston muzeyi xodimlari qamalishi haqida

Britaniyadagi nufuzli nashrlardan biri "The Guardian" "O‘zbek muzeyi 15 yildan ortiq vaqt san‘at asarlarini sotgan va o‘rnini nusxalar bilan to‘ldirgan" deb nomlangan maqola chop etgan.

Maqola O‘zbekiston davlat san‘at muzeyi qator xodimlari san‘at asarlari asl nusxalarini sotganlik va o‘rniga nusxalarni qo‘yganlik ayblovi bilan hibs qilingani borasidagi xabar tafsilotlari berilgan.

Juma kuni Bosh prokurorasi "Huquq" gazetasi O‘zbekiston davlat san‘at muzeyi direktori Mirfayz Usmonov 1999-2014 yillar orasida davlatga tegishli ko‘plab asarlarini sotib yuborgani uchun 9 yildan ortiqroq vaqtga ozodlikdan mahrum qilingani haqida yozgandi.

Muzeyning yana ikki xodimiga 8 yildan qamoq jazosi tayinlangan.

"Gazeta Toshkentdagi mahkama qachon ushbu xodimlarga hukm chiqargani borasida yoki (muzeydagi) boshqa ishchilar ham bunga bosh qo‘shganmi yo‘qligi xususida tafsilotlarni bermaydi", deb yozadi gazeta.

"1999 va 2014 yillar o‘rtasida muzey xizmatchilari qator Rossiya va Sovet avangard rassomlari, jumladan, o‘tgan asrda O‘zbekistonda yashab ijod qilgan Aleksandr Nikolayev, Rixard-Karl Zommer va Viktora Ufimtsevlarning asl ishlarini almashtirib qo‘yishgan".

Shu o‘rinda Gardian o‘zbek nashri chop etgan xabardagi raqamlarni keltiradi, ya‘ni aybdor topilgan shaxslar shaxsi noma‘lum mijozlariga asarlarning har birini 100-800 dollargacha pullashgan.

Shu bilan birga ular Ovro‘po rassomlari tomonidan ishlangan 25ta orginal asarni ham sotib yuborishgan. Ular orasida, xususan, Italiyalik Uyg‘onish davri rassomi va haykaltaroshi Lorentso di Krediga tegishli asar ham bo‘lgan.

"Xabarda davlat "katta" zarar ko‘rgani aytiladi, ammo raqamlarni bermaydi", deydi Gardian.

Shuningdek, Gardiandagi maqolada aytilishicha, 2012 yil Italiya elchixonasi muzey Uyg‘onish davri rassomi Paolo Veronezening asarini namoyish etgan payt ehtiyotkorlikka chaqirgan va ishning haqiqiy ekanini tasdiqlash uchun tekshirish lozimligini aytgan.

O‘sha vaqtda muzey Pablo Pikassoning "uzoq unutilgan" sopol asarlarini ham namoyish etgandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002