"Haddidan oshgan" rasmiyning uzri

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Koreya Havo Yo‘llari shirkatining sobiq ijrochi rahbarlaridan biri, shirkat rahbarining qizi omma o‘ngida o‘z qilmishi uchun uzr so‘radi.

U Nyu Yorkdan yo‘lga otlangan uchoqda yong‘oq tegishli yo‘lda taqdim qilinmaganidan g‘azablanib, "aybdor" xodimni uchoqdan tushirib qoldirishni talab qilgan.

Buning uchun uchish yo‘lagida bo‘lgan uchoq ortga qaytarilgan.

Shirkat rahbari bo‘lgan uning otasi ham ommadan qizining qilmishi uchun uzr so‘radi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002