Qozog‘istonlik iqtisodchi Saparboy Jubayevga savol bering

BBCUzbek.com o‘quvchilari va tinglovchilarimizning savollariga qozog‘istonlik iqtisodchi Saparboy Jubayev javob beradi.

Saparboy Jubayev 1953 yilning 10 martida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Xumson qishlog‘ida tug‘ilgan.

Tumandagi 26-maktabni oltin medal bilan bitirgan.

1969-1974 yillarda Toshkent Davlat Politexnika instituti (hozirgi Texnik Universitet) da tahsil olgan.

1974 yildan 1981 yilgacha Toshkent aviatsiya zavodida usta, muhandis va texnologiya byurosi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

1981-1988 yillarda O‘zbekiston Oziq-Ovqat sanoati vazirligidi bosh muhandis, direktor lavozimlarida mehnat qilgan.

1989 yilda Toshkent Iqtisodiyot Universitetini moliya mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan.

1990-1995 yillar davomida Toshkent shahar kengashining deputati bo‘lgan.

2002 yilda O‘zbekiston mahalliy byudjetining daromadlarini shakllantirish mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

2006 yilgacha O‘zbekiston Moliya vazirligida Boshqarma boshlig‘i va Banklar Uyushmasida departament boshlig‘i davozimlarida ishlagan.

2006 yildan buyon Ostonadagi Ovrosiyo Milliy Universitetining dotsenti.

Venadagi Xalqaro Moliya Jamg‘armasi, Vashingtondagi Jahon Banki va Maniladagi Osiyo Taraqqiyot Bankida malaka oshirgan.

O‘zbekistonning moliya-byudjet va bank tizimiga oid o‘nlab maqola va kitoblar muallifi.

BBC mehmoniga savollaringizni sahifamiz pastidagi maxsus forma orqali yo‘llang.

Savollarni Facebook va Odnoklassniki dagi BBCUzbek sahifalarida ham qoldirishingiz mumkin.

Suhbatni juma kungi radiodasturimizda tinglay olasiz, uning to‘lqi matni bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.

Elektron pochtamiz manzili: uzbek@bbc.co.uk

Whatsapp raqamimiz: +44 78-58-86-00-02