"Rublning qadri tushsa ham muhojirlar Rossiyada qolmoqchi"

Image copyright RIA Novosti

"Mehnat muhojirlari to‘p-to‘p bulib, Rossiyani tark etmoqdalar". Bu haqda Rossiya muhojirlari Federatsiyasining boshlig‘i ma‘lum qilgan.

Unga ko‘ra, yangi yildan boshlab muhojirlarning chorak qismi boshqa mamlakatlarga ko‘chib o‘tishadi.

Rossiya mulozimi aytishicha, muhojirlar rubl qurbining pasayishi, pullik sinovlarning joriy etilishi hamda ishlash ruxsatnomalarini olish qiyinlashgani tufayli Rossiyani tark etmoqdalar.

Moskvada ishlayotgan tojikistonlik sartarosh Furqat Abdurahmonovning BBCga aytishicha, muhojirlarning Rossiyani to‘liq tark etayotgani unchalik to‘g‘ri emas.

Mehnat muhojirlari Yangi yil bayramini o‘z oila-a‘zolari bilan o‘tkazib, yana Rossiyaga qaytishni mo‘ljallashgan.

Bunga sabab, rublning qadri kamaygani bilan, muhojirlar o‘z yurtlaridagidan ko‘ra ko‘proq pul topa olishlari, deb qayd etadi u.

Muhojirlar bu yerga o‘rganishgan, uylariga avvalgidek ming dollar emas, 500 dollar yuboradilar, lekin tayin ishlari bor bu yerda, deydi Rossiyadagi mehnat muhojiri.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002