Rossiya yangi harbiy doktrinasi: asosiy tahdid - NATO

Prezident Vladimir Putin Rossiyaning yangi harbiy doktrinasini imzolagan.

Doktrina matni bilan tanishgan Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar qilishicha, ushbu hujjatda Rossiya uchun eng asosiy harbiy xavflar sifatida NATO qudratining oshirib borilayotgani va ayrim mintaqalardagi beqarorlik qayd etilgan.

Shuningdek, ichki tahdidlar sifatida Rossiya ayrim hududlarini beqarorlashtirish va terrorizm faoliyati ko‘riladi.

Bundan oldin Prezident Vladimir Putin 2010 yilda ma‘qullangan Rossiyaning harbiy doktrinasini bekor qilish haqidagi farmonga imzo chekkani haqida xabar qilingan edi.

O‘zining 2014 yil yakunlariga bag‘ishlangan jurnalistlar bilan muloqotida Prezident Putin Rossiyaning harbiy doktrinasi bundan keyin ham mudofaa yo‘nalishida bo‘lib qoladi deb aytgan edi.

Yangi doktrinada rossiyaliklarga axborot ta‘sir o‘tkazish ham harbiy tahdidlardan deb ko‘riladi.

Hujjatda aytilishicha, Rossiya aholisi, ayniqsa, yoshlarning vatanni himoya qilish bo‘yicha tarixiy, ma‘naviy va vatanparvarlik an‘analarini buzish ham informatsion ta‘sir deb ko‘riladi.

Image copyright BBC World Service

2014 yil martida Rossiya Ukraina hududi bo‘lgan Qrim yarim orolini anneksiya qildi.

Ukraina sharqida mustaqil Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini barpo etish o‘zlarining maqsadi ekanini aytadigan qurollilarni Rossiya harbiy dastaklab kelayapti, deb ko‘riladi.

Rossiya esa o‘z harbiylari Ukraina sharqidagi jangovor amaliyotlarga qo‘shilganini rad etib keladi.

So‘nggi jurnalistlar bilan muloqotida Prezident Putin Ukraina sharqida jang qilayotgan rossiyaliklar "o‘z yurak amri" bilan borgan ko‘ngillilar, deb aytgan.

Ukraina inqirozi bois Ovro‘po Ittifoqi va AQSh Rossiyaga qarshi jazo choralarini kiritgan.

Bir necha kun oldin esa Ukraina parlamenti mamlakatning harbiy bloklarga qo‘shilmaslik maqomini bekor qilish haqidagi qonunni ma‘qullagan.

Bu esa Ukrainaning NATOga a‘zo bo‘lib kirishi uchun eshik ochilishi deb talqin qilingan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002

Your contact details
Disclaimer