"Norman Atlantik" kemasida qurbonlar soni beshtaga yetdi

Image copyright Getty

Italiyaning yakshanba kuni alanga ichida qolgan "Norman Atlantik" kemasida qurbonlar soni to‘rttaga ko‘paygan.

Bundan oldin faqat bir kishi o‘lgani haqida xabar berilgan. Turk yo‘lovchisi esa jurnalistlarga to‘rt jasadni ko‘rganini aytgan. Ammo bu rasman tasdiqlanmagandi.

Image copyright Reuters

Ayni paytda Italiya dengiz kuchlari so‘zchisining BBCga bildirishicha, Yunoniston sohillariga yaqin yerda yong‘in kelib chiqqan kemada qolib ketgan yo‘lovchilarni bugun tunga qadar qutqarib olishlariga ishonchi komildir. Alessandro Lentinining aytishicha, hozirga qadar kemadan 400 ortiq kishi qutqarib olingan. Ayni paytda faqat kema kapitani va bir necha qutqaruvchi kemada qolgan.

Kemadan hanuz bursiqrab tutun chiqmoqda.

Image copyright AP

Qutqarish ishlariga bir qancha yong‘in o‘chiruvchi kemalar va qutqaruv qayiqlari, shuningdek, tikucharlar jalb qilingan. Biroq qutqaruv ishlarini qattiq shamol og‘irlashtirmoqda.

Bortida 478 yo‘lovchi va guruh a‘zolari bo‘lgan kema Yunonistonning Patras bandargohidan Italiyaning Ankona shahriga yo‘nalgan.

Image copyright Protothema

Korfa orolidan g‘arbga taxminan 40 dengiz milida "Norman Atlantik"da yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in kemaning ikki yuzdan ortiq avtomashinalar saqlanadigan qismida boshlangan. Odamlar kemaning yuqori qismiga chiqib jon saqlaganlar.

Yo‘lovchilarning asosiy qismi yunonlardir. Ular harbiy tikucharlarda qutqarilmoqda.

Yunoniston hukumati bu mamlakat tarixidagi eng murakkab evakuatsiya bo‘lganini aytgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02