Misr: Al-Jazira jurnalistlariga hukm qayta ko‘rib chiqiladi

Image copyright Getty
Image caption Jurnalistlar ayblarni rad etishadi

Misr Oliy mahkamasi noto‘g‘ri axborot tarqatishda ayblanib, mahkum etilgan uch nafar Al-Jazira jurnalistlari ustidan hukmni qayta ko‘rib chiqishga buyruq bergan.

Qaror Piter Greste, Muhammad Fahmiy va Baher Muhammadning Qohiradagi appelyatsiya mahkamalari ortidan chiqarilgan.

Himoyachilarga ko‘ra, qoralovchilar hukmda jiddiy muammolar borligini tan olganlar.

Yangi mahkama bir oy ichida bo‘lib o‘tadi, ammo jurnalistlar bu muddat ichida hibsda qolishadi.

Al-Jazira Misr rasmiylarini jurnalistlarni darhol ozod qilishga chaqirgan.

Al-jazira muxbirlari 2013 yilda Misr harbiylari Prezident Muhammad Mursiyni hokimiyatdan ag‘darganidan so‘ng "Musulmon birodarlar" bilan hamkorlik qilishda ham ayblanganlar.

Ular barcha ayblarni rad etishadi va faqat voqealarni yoritish bilan mashg‘ul bo‘lganliklarini aytadilar.

Jurnalistlarning ikki nafari chet el fuqarolari-Piter Greste Avstraliya, uning hamkasbi Muhammad Fahmiy esa ham Misr va ham Kanada fuqarosidir.

Piter Greste avval BBCda ishlagan.

Jurnalistlar 2013 yilning dekabrida hibsga olingan va shundan buyon Qohiraning qattiq qo‘riqlanadigan qamoqxonasida saqlab kelinadi.

Al-Jazira Greste, Fahmiy va Muhammadning bir yildan ortiq vaqt mobaynida adolatsiz ravishda qamoqda tutib turilganliklarini aytgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02