Shvetsiya: uchinchi masjidga o‘t qo‘yilgan

Image copyright AFP TT

Shvetsiyada bir haftaning ichida uchinchi masjidga o‘t qo‘yishga urinilgan, politsiya o‘t qo‘ygan shaxslarni qidirishni boshlagan.

Uppsala shahri politsiyasi masjidga ichiga yonilg‘i to‘ldirilgan idish otgan odamlarning shaxsini aniqlashga kirishgan.

Masjidlarga so‘nggi hafta ichida qilinayotgan hujumlar ko‘pchilikni xavotirga solgan.

Bu hujumlar Shvetsiyaning muhojirlik siyosatiga qarshi bo‘lgan ekstremistik qarashdagi insonlarning jinoyati deb ko‘rilmoqda.

Shvetsiya bir yilda 100 ming qochqinni qabul qilish siyosatiga ega.

BBC muxbiri Malkolm Brabant xabar qilishicha, Uppsala shahridagi hujum oldingi ikki hujumdek jiddiy bo‘lmagan.

Image copyright AFP

Guvohlar molotov kokteyli deb ataladigan idishning masjid ichiga tushib alanga olishiga yo‘l qo‘ymaganlar, o‘chirishga muvaffaq bo‘lganlar.

Hujumchilar qochib qolishdan oldin bino devoriga graffiti chizishga ulgurganlar.

Ammo ushbu hujum mamlakatda musulmonlarga qarshi qaratilgan kampaniya kuchayib borayotganidan dalolatdir.

Bundan oldin Eskiltuna va Eslov shahrilaridagi masjid sifatida foydalanilgan binolarga ichiga yonilg‘i to‘ldirilgan idishlar otilgani oqibatida binolar olov ichida qolib vayron bo‘lgan.

Shvetsiya rasmiylari xabar qilishicha, masjidlarga o‘t qo‘yganlarning shaxslarini aniqlash ishlariga politsiyaga josuslik idoralari ham yordamlashmoqda.

Hujumlarda neonatsist qarashdagi insonlar gumon qilinmoqdalar.

Image copyright AP

Shvetsiyadagi millatchi Demokratlar partiyasi muhojirlar sonini 90 foiz qisqartirish siyosatini ilgari surib kelmoqda.

2014 yil dekabrida kelgusi yil byudjeti atrofidagi bahs Shvetsiyadagi muddatidan oldin saylov o‘tkazish vaziyatiga olib kelgan edi.

Biroq dekabr oyining oxirida so‘l qanot sotsial-demokratlar muxolifatdagi konservatorlar bilan kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘lganlar.

Bunga millatchi demokratlarning qator siyosiy masalalardagi radikal yondashuvlari undagan.

Aksar shvedlar muhojirlikni cheklash siyosatini irqchilik siyosati sifatida ko‘radilar, Eskilstuna shahri masjidiga o‘t qo‘yilganidan keyin ko‘plab oddiy shvedlar kelib masjid binosiga o‘z dastaklarini izhor etib, gul va yozuvlar qo‘yib ketganlar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer