Turkmanistonda benzin narxlari 60 foiz oshdi

Turkmanistondan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, mamlakatda benzin narxi 60 foizga oshgan.

Ayni vaqtda milliy valyuta manat qadri ham Amerika dollariga nisbatan anchayin tushgani xabar qilingan.

BBC bilan suhbatda Turkmaniston masalalari bo‘yicha sharhlovchi Mekan Navruzovning aytishicha, benzin narxining oshgani borasida mamlakatda rasman e‘lon qilinmagan. Narxlarning oshgani haqida haydovchilar 1 yanvar kuni mashinlariga yoqilg‘i quygani borgan vaqtlari xabar topishgan.

Turkmaniston hukumati aholi uchun ijtimoiy ta‘minot dasturi asosida gaz, suv, tuz va elektr energiyasining bepulligini faxr bilan tilga oladi.

Ayni vaqtda oyiga 120 litr benzin ham bepul beriladi. Hozirda narxi oshirilgan yoqilg‘i ana shu miqdordan ko‘proq benzin olish istagida bo‘lganlar uchun taaluqlidir.

Jahon bozorlarida neft narxining keskin tushishi ortidan ko‘plab mamlakatlarda benzin narxlari ham tushayotgan manzarda Turkmanistondagi benzin narxlarining keskin oshishining sababi nimada?

Sharhlovchi Mekan Navruzovning aytishicha, mamlakatda mashinalar sonining oshishi natijasida benzin yetkazib berish qiynlashayotgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari mamlakat, tabiiy zaxiralarga boy bo‘lishiga qaramay, neftni qayta ishlash uchun lozim texnologiya va uskunalar xorijdan keltiriladi va anchayin ko‘p mablag‘ talab qiladi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002