Rossiyaning Mariy El Respublikasi Ichki Ishlar vaziri o‘z joniga suiqasd qildi

Image copyright Ministry of the Interior of the Russian Federation

Rossiya Ichki Ishlar Vazirligi matbuot xizmatining ma‘lum qilishicha, Mariy El Respublikasi Ichki Ishlar vaziri Vyacheslav Buchnev ish joyida o‘zini otib o‘ldirgan.

Matbuot xizmatiga ko‘ra, Vyacheslav Buchnev 26 dekabrdan 8 yanvar kuniga qadar yillik ta‘tilda bo‘lgan, lekin vaqti-vaqti bilan ishga kelib turgan.

Vazirlik vakilining TASS xabar agentligiga aytishicha, 3 yanvar kuni ham u ish joyiga kelgan. Bir ozdan keyin kotibi ichkaridan o‘q ovozini eshitgan.

Hodisa yerida jinoiy-tekshiruv ishlari boshlagan va voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Buchnev Mariy El Ichki Ishlar vaziri vazifasini 2011 yil may oyidan beri bajarib kelmoqda edi.

Undan avval u Kirov viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi rahbari bo‘lgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer