O‘zbek jurnalisti: "Olmoniyadagi aksilislomiy yurishlar ortida irqchilik yotadi"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ovro‘poning islomiylashib borayotganini da‘vo qilayotgan va ularga qarshi chiqayotgan taraflar dushanba kechasida butun Olmoniya bo‘ylab ko‘p sonli yurishlarini amalga oshirganlar.

Berlin, Kyoln, Shtutgart va Drezdenda "Ovro‘polik vatanparvarlar G‘arbning islomiylashishiga qarshi" (PEGIDA) harakati yurishlar o‘tkazgan.

Olmoniyaning Stern jurnali o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, Olmoniyaning har sakkizinchi yashovchisi agar o‘z uyi yaqinida PEGIDA islomiylashishga qarshi namoyish o‘tkazayotgan bo‘lsa, unga qo‘shilishga tayyor ekanini aytgan.

Xo‘sh, aksilislomiy chiqishlar Olmoniyaning musulmon aholisi o‘rtasida qanday kayfiyatlarni paydo qilgan?

Bremen shahrida istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik jurnalist Hulkar Norqobilovaning aytishicha, musulmon muhojirlar o‘rtasida xavotirlar uyg‘ongan.

Jurnalistning aytishicha, olmon matbuotiga ko‘ra, aksilislomiy namoyishlarning qatnashchilari asosan qishloqlardan kelgan va yot madaniyatlarning tarqalishidan xavotirga tushgan olmonlardir. Biroq, ziyoli qatlam bu kabi namoyishlarga qarshi chiqmoqda.

Suhbatni tinglang.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002