To‘xtash joyini o‘zi topuvchi mashina

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Las Vegasdagi elektron jihozlar ko‘rgazmasida to‘xtash uchun o‘zi joy topib, o‘zi olib kiradigan mashina namoyish etildi.

Mashinani ko‘p qavatli to‘xtash binosining eshigida qoldirish mumkin. Unda o‘rnatilgan lazerli uskunalar ko‘p qavatli "parkovka binosi" xartasini chizib, bo‘sh joyni topib, atrofdagi masofani chamalab o‘zi borib to‘xtash qobiliyatiga ega.

Mashina egasi ortga qaytgan vaqti smart soati orqali mashinasini chaqirib olishi ham mumkin.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002