AQSh josuslik agentligi sobiq rahbari mahkamaga tortilishi so‘ralmoqda

Image caption Pola Broudvel General Petreusning biografiyasini yozgan

AQShda prokurorlar Markaziy josuslik agentligining sobiq direktori Devid Petreus sobiq mash‘uqasi - New York Times gazetasi muxbiriga davlat sirlarini oshkor qilgani uchun mahkama tortilishini talab qilishdi.

Sobiq general janob Petreus o‘zi va Pola Broudvel o‘rtasidagi ishqiy aloqalar 2012 yilda fosh etilishi ortidan Markaziy josuslik agentligi rahbari lavozimidan iste‘foga chiqqan.

U mazkur lavozimni egallashidan avval Iroq va Afg‘onistondagi AQSh kuchlari qo‘mondoni bo‘lgan.

New York Times gazetasi xabar tarqatishicha, AQSh Adliya vazirligi janob Petreus agentlik rahbari lavozimida bo‘lgan davrida Broudvel xonimga o‘z ish elektron pochtasiga kirishga ruxsat bergani va boshqa davlat sirlarini fosh qilgani da‘volarini tergov qilmoqda.

Aytilishicha, Federal tergov byurosi Broudvel xonimning kompyuteridan maxfiy ma‘lumotlarni topgan.

Janob Petreusning advokati sharh bermadi.

Biroq, New York Times yozishicha, janob Petreus Broudvel xonimga hech qachon maxfiy ma‘lumotlarni uzatmaganini aytgan.

Ikkovlon o‘rtasidagi ishqiy aloqa 2011 yilda Broudvel xonim janob Petreusning biografiyasini yozayotganida yuzaga kelgani aytiladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002