Turkiya: "O‘zbek muhojirlariga qarshi suiqasdlar to‘xtatilsin!"

Image copyright Reuters

Turkiyaning Istanbul shahri "Fatih Sarachxane" bog‘ida O‘zbek qochqinlariga nisbatan sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi norozilik aktsiyasi bo‘lib o‘tgan.

Tadbir "Turkistan-Der" xalqaro turkistonliklar hamkorlik jamiyati, "Mazlumder" inson huquqlari tashkiloti va Sharqiy Turkiston Maorif uyushmasi tomonidan uyushtirilgan.

Norozilik harakati "Etar! O‘zbekiston va Rossiyaning muhojirlarga qarshi qaratilgan jinoyatlariga norozilik bildiramiz" shiori ostida o‘tkazildi.

"Vatandan qochishdan boshqa chorasi qolmagan o‘zbek muxoliflariga chet elda ham suiqasd davom etmoqda. Avvalroq Rossiya, Qirg‘iziston va Shvetsiyada amalga oshirilgan suiqasdlar zanjiri Istanbulning Zeytinburnu tumanida ham aks-sado berdi", - deyiladi "Turkistan Der" jamiyati tarqatgan bayonotda.

Tashkilot bayonotida Istanbulda o‘ldirilgan Abdullo Buxoriy, Qirg‘izistonda otib ketilgan imom Muhammadrafiq Kamolov va jurnalist Alisher Soipov, Shvetsiyada Obid qori Nazarovga nisbatan suiqasd, shuningdek, o‘zbekistonlik bir qancha imom va olimlarning bedarak ketganligi qayd etiladi.

Turkiyada yig‘ilgan norozilik namoyishi va ommaviy matbuot anjumani O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan tashkil etilayotganiga ishoniladigan siyosiy qotilliklarni to‘xtatishga chaqiradi.

Ushbu tadbirda Turkiyadagi muhojir o‘zbeklar ham ishtirok etishgan.

"Turkiston-Der" Xalqaro turkistonliklar hamkorlik jamiyati Rais o‘rinbosari Namoz Normo‘min BBCga quyidagilarni gapirib berdi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002