"Ovro‘po Ittifoqi Rossiya targ‘ibotiga qarshi turishi kerak"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ovro‘po parlamenti Oqro‘po Ittifoqini o‘z ta‘biricha, Rossiya propagandasiga qarshi turishga chaqirgan.

Ovro‘polik deputatlar Ukrainadagi urush manzarasida Rossiyani axborot urushida ayblaganlar.

Ayni paytda Latviya Rossiyaliklarga mo‘ljallangan Ovro‘po Ittifoqi homiyligidagi yangi telekanal ochishni rejalayotganini ma‘lum qilgan.

Kreml so‘nggi yillarda o‘z siyosatini targ‘ib qiluvchi axborot xizmatlari uchun milliardlab mablag‘larni ajratgan.

Xo‘sh, Ovro‘polik deputatlarning xavotir va chaqiriqlari qanchalik o‘rinli?

Suhbatdoshimiz yaqinda Ozodlik va Ozod Ovro‘po radiolari qoshida ochilgan "Hozirgi vaqt" televizion loyihasining boshqaruvchi muharriri Shohida Yoqub: